Zlatan Ibrahimoviç «Milan»ga qaytişi mumkin. Bu haqda Football Italia naşri xabar tarqatdi.

35 yoşli hujumçi yanvar oyiga qadar tizzasidagi jarohatini tuzatiş bilan band böladi. 

Bundan avvalgi xabarlarda «Mançester Yunayted»dan yangi şartnoma böyiça taklif olmagan uşbu futbolçi faoliyatini keyingi yil mart oyida start oladigan MLS çempionati iştirokçisi «Los-Andjyeles Gelaksi»da davom ettiradigan bölgani haqida xabar berilgandi.

Bu vaqtda esa futbolçining agenti Mino Rayola öz mijozi AQŞ yoki Xitoyga ketmasligi, Yevropada qoliş variantini tanlaşi haqida aytmoqda.

«Mançester Yunayted» safida Ibrahimoviç 46 öyinda 28 gol urdi, ammo u jarohat olgani tufayli mankunianliklar undan voz keçişdi.

Şvetsiyalik uşbu futbolçi «Milan»da  2010-2012 yillar davomida öynagan, 85 öyinda maydonga tuşib, 56 gol urgandi. U «rossonerilar» bilan 2011 yilda A Seriyani qölga kiritgan, şu mavsumda Italiya Superkubogiga ham ega çiqqandi.