Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev seşanba kuni mamlakatdagi sud organlarining adolatli faoliyatini ta'minlaşga bağişlangan videoselektor yiğilişini ötkazdi. Bu haqida "Axborot" dasturida xabar berildi.
Ma'lumki, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida fuqarolarning odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş, sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta'minlaş, inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş, sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yönalişlari etib belgilangan. Mazkur Strategiyani amalga oşiriş maqsadida bevosita Prezident taşabbusi bilan Konstitutsiyamizning yettita moddasiga sud-huquq sohasidagi islohotlar bilan boğliq prinsipial özgarişlar kiritilgan.
Sudyalikka nomzodlarni tayyorlaş va lavozimga tayinlaş tizimini tubdan takomillaştiriş, yuqori malakali sudyalar korpusini şakllantiriş maqsadida sudyalar hamjamiyatining yangi organi - Özbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengaşining taşkil etilgani bu yönalişdagi islohotlar izçil davom etayotganining tasdiği sifatida baholandi.
"Özbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengaşini taşkil etiş özidan özi bölgani yöq. Oldingidek nomiga 4 ta yoki 10 ta odam ötirib, "u böladi, bu bölmaydi" degan gaplar ketmaydi endi. Şu tarzda işlab köramiz. Agar bu ham oqlanmasa, undan-da qattiq çoralar körişga majburmiz. Kerak bölsa, Konstitutsiyani özgartiramiz, to sud xalqparvar bölmagunça baribir oxirgaça yetkazamiz. Sudning ostonasidan qadam qöygan xalqimiz davlatga döst bölib çiqişi kerak. Qabul qilingan hukmning adolatli ekaniga işonişi kerak. Bu sizlarning vazifangiz! Lekin köp joyda şunday emasligini inobatga olib, mana şu Sudyalar Oliy kengaşini taşkil etdik", - dedi Şavkat Mirziyoyev.











