O‘zbekiston armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida 48 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi 16-18 yosh, 19-21 yoshlilar va imkoniyati cheklangan erkak hamda ayol sportchilar o‘rtasida armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida 48 ta medalni qo‘lga kiritdi. Qirg‘izistonning Bosterisida 5-12 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada 16 davlatdan kelgan 500 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston jamoasi vakillari 18 oltin, 13 kumush va 17 bronza medallarini qo‘lga kiritdi hamda yakuniy jadvalda uchinchi o‘rindan joy olishdi.
Imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida Kamola Abdurahmonova, Nargiza Azimova, To‘lqinjon Yo‘ldoshev, Sardor Xudoyberdiyev ikkitadan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
16-18 yoshlilar o‘rtasida Nazokat Soliyeva ikki bor tengsiz bo‘lgan bo‘lsa, Iroda Qodirova, Muxlisa Tursunboyeva, Bekzod Olimov va Shamshod Ergashev ham oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
19-21 yoshli sportchilar o‘rtasida Doniyor Ulashev, Muhammad Sultonov va Sulton Ne'matullayev (ikkita “oltin”) Osiyo chempionlariga aylanishdi.
Mavzuga oid
17:23 / 13.08.2023
«Zakovat» o‘yini bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati birinchi kun natijalari
19:17 / 13.06.2023
Shamsiddin Vohidov shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
14:54 / 01.05.2023
Eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati: O‘zbekiston umumjamoa hisobida g‘olib bo‘ldi
18:25 / 29.04.2023