Davlat xizmatçilari uçun yangi iş haqi tizimi taklif qilindi, qöpol qoidabuzar haydovçilarga nisbatan jazolar kuçaytirilişi mumkin, Toşkentda esa 10 nafar tuman hokimiga xizmat tekşiruvi tayinlandi. Şuningdek, «Samarqand-2028» sun’iy yöldoşi kosmosga uçirilişi, avtomobil işlab çiqariş hajmining oşgani va boşqa mahalliy yangiliklar bilan Kun.uz dayjyestida taniştiramiz.

Davlat xizmatçilari uçun yangi iş haqi tizimi taklif qilindi

Prezidentga davlat xizmatçilari uçun yangi iş haqi tizimini joriy etiş böyiça takliflar taqdim etildi.

Taklifga köra, öndan ortiq ustama va mukofotlar örniga uçta asosiy rağbatlantiriş tölovi joriy etilib, iş haqi 11 ta razryad va 6 ta poğonadan iborat yagona setka asosida hisoblanadi.

Şuningdek, xodimlarning iş haqi malakasi, mehnat natijalari va KPI körsatkiçlari asosida şakllantirilişi, bonuslar esa yuqori natija va innovatsion yondaşuvlar uçun tölanişi nazarda tutilmoqda.

Yöl bezorilari avtomobilidan bir yilgaça mahrum qilinişi mumkin

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yöl harakati xavfsizligiga oid qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.

Hujjatga köra, yöl bezoriligi, noqonuniy poyga va mast holatda avtomobil boşqariş kabi qöpol qoidabuzarliklar uçun avtomobilni 6 oydan 1 yilgaça vaqtinça olib qöyiş taklif etilmoqda.

Şuningdek, qöpol qoidabuzarliklarni takroran sodir etgan haydovçilar muayyan muddatga jarimani çegirma bilan tölaş huquqidan mahrum qilinişi ham nazarda tutilgan.

10 nafar tuman hokimiga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlandi

Toşkent şahrida 10 nafar tuman hokimiga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlandi.

Tegişli farmoyiş Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining taqdimnomasida keltirilgan holatlarni örganiş maqsadida qabul qilingan.

Xizmat tekşiruvi natijalari böyiça tegişli xulosalar tayyorlanadi, zarurat bölsa, boşqa idoralar mutaxassislari ham jarayonga jalb etiladi.

Andijon va Qaşqadaryoda pora olgan mansabdorlar uşlandi

Korrupsiyaga qarşi kuraş mavzusini davom ettiramiz. Andijon va Qaşqadaryoda pora oliş bilan boğliq ikki korrupsiya holati foş etildi.

Andijonda «Suv ta’minoti» filiali rahbari yangi xonadonni oqova suv tarmoğiga ulaşda yordam beriş evaziga 8,5 ming dollar olgan vaqtida uşlandi.

Qaşqadaryoda esa OIV ekspertizasi xulosasini ijobiy hal qilib beriş uçun 3 ming dollar olingani aniqlandi. Har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Samarqand-2028” sun’iy yöldoşi kosmosga uçiriladi

Keling, endi texnologiya va ilm-fan sohasidagi yangilikka nazar taşlaymiz. 5-avgust kuni “Samarqand-2028” sun’iy yöldoşi orbitaga uçiriladi. Uçiriş Xitoyning dengiz start platformasidan STAR.VISION kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi.

«Özbekkosmos» va STAR.VISION hamkorligida yaratilgan yöldoşga 2028-yilgi Xalqaro astronavtika kongressi Samarqandda ötkazilişi munosabati bilan “Samarqand-2028” nomi berilgan.

Loyiha doirasida özbekistonlik mutaxassislar sun’iy intellekt modulini işlab çiqqan. U orbitaning özida ma’lumotlarni qayta işlab, qişloq xöjaligi, ekologiya va tabiiy resurslarni monitoring qiliş samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.

Özbekistonda avtomobil işlab çiqariş 26,8 mingtaga oşdi

Özbekistonda yilning dastlabki olti oyida 235 ming 794 ta yengil avtomobil işlab çiqarildi.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 26,8 mingtaga köp.

Eng köp işlab çiqarilgan rusum Cobalt bölib, yarim yilda 82 ming 951 ta avtomobil konveyyerdan çiqqan.

«Taşabbusli byudjyet»da saralaş bosqiçi boşlandi

«Taşabbusli byudjyet»ning 2026-yilgi ikkinçi mavsumida loyihalarni qabul qiliş yakunlandi.

Ma’lum qilinişiça, 15-iyuldan 3-avgustgaça fuqarolar tomonidan 23 ming 551 ta loyiha taqdim etilgan.

Endi 4-avgustdan 18-avgustga qadar barça taşabbuslar belgilangan mezonlar asosida saralab çiqiladi.

Buxoroda boşi beton teşigiga kirib qolgan bola qutqarildi

Buxoro şahrida ehtiyotsizlik oqibatida boşi beton teşigiga kirib qolgan kiçik yoşli bola qutqaruvçilar tomonidan xavfsiz qutqarildi.

Hodisa joyiga yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimlari maxsus asbob-uskunalar yordamida bolani jarohat yetkazmagan holda çiqarib oldi.

Voqea oqibatida bolaga tan jarohati yetmagan. FVB ota-onalarni yoş bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikka çaqirdi.