Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev seşanba kuni mamlakatdagi sud organlarining adolatli faoliyatini ta'minlaşga bağişlangan videoselektor yiğilişini ötkazdi. Bu haqida "Axborot" dasturida xabar berildi. 

Unda qölga kiritilgan natijalar bilan kifoyalanibgina qolmasdan, soha rivojiga tanqidiy yondaşiş, hayotning özi oldimizga qöyayotgan bir-biridan muhim va dolzarb vazifalarni samarali hal qiliş yöllari va mexanizmlari haqida bildirilgan aniq takliflar, amaliy taşabbuslar asosida sud idoralari, sudyalar faoliyatini butunlay yangiça asosda taşkil etiş lozimligiga alohida e'tibor qaratildi. 

Keyingi paytda mamlakatimiz fuqarolari tomonidan Özbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasiga bölayotgan murojaatlarning katta qismi aynan sud idoralari va sudyalar faoliyati bilan boğliq ekani, bu yönalişda muammolar mavjudligidan dalolat beradi, deyildi yiğilişda. 

Şavkat Mirziyoyev adolat tamoyillariga neçoğlik amal qilinayotganiga alohida töxtalib ötdi. 

"Asosiy maqsadimiz - fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş orqali xalqimizning sud tizimiga bölgan işonçini qat'iy mustahkamlaş, sudni tom ma'noda adolat qörğoniga aylantirişdan iboratdir", - dedi davlatimiz rahbari. 

"Fuqarolar adolatni qaror toptiriş umidida oylab, yillab sarson-sargardon bölib, Prezidentga murojaat qilmoqda. Şuning özi sudlar faoliyatiga xalq tomonidan berilayotgan xolisona baho emasmi?! Bunday holatlarga qat'iy çek qöyiş vaqti keldi! Sudyalar Oliy kengaşi sudyalar faoliyatiga har qanday noqonuniy aralaşuvga barham beriş, aybdor şaxslarning muqarrar javobgarligini ta'minlaş yuzasida bir oy muddatda taklif kiritsin! Bir odam aralaşdimi, unga jazo muqarrar! Qanday oğir bölmasin, şu qarorni qabul qilamiz", - deya ta'kidladi davlat rahbari. 

Majlisda adolat va ma'naviyat tuşunçalarning özaro çambarças boğliq ekaniga alohida urğu berildi. Sudyalar va yurist kadrlarni tayyorlaşda şu jihatga ham e'tibor qaratiş zamon talabi ekani ta'kidlandi. Aynan ma'naviy fazilatlarning yetişmasligi tufayli ba'zi sudyalar örtasida qonunga zid harakatlar sodir etiş holatlarining uçraşi qayd qilindi, adolatsiz qarorlar qattiq tanqid qilindi. 

“2017 yilning olti oyi davomida yetti nafar sudya jinoyatga qöl urgan. Andijon höjalik sudining örinbosari katta miqdordagi pora bilan qölga tuşdi. Odamlar sudlarga işonmayapti. Sirdaryo, Andijon, Toşkent viloyati va şahri sudyalari tomonidan ham qonunbuzarliklar sodir etilgan. Sudyalar tomonidan yöl qöyilayotgan ta'magirlik holatlarini keçirib bölmaydi” dedi jumladan prezidentimiz.