O‘zbekiston | 13:46 / 15.06.2017
8557
2 daqiqa o‘qiladi

"Lukoyl" Hisor konlari guruhidan to‘la quvvatda gaz qazib chiqarishga kirishadi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi Hisor konlari guruhidan gaz qazib olishning to‘la quvvatiga o‘tadi. Bu haqida Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda "O‘zbekneftgaz" MXK boshqaruv raisi Alisher Sultonov ma'lum qildi. 

"Biz Qashqadaryoda Hisor konlari guruhi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi loyihani yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Hozirda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu bizga sutkasiga qo‘shimcha taxminan 7 million kubometr gaz qazib chiqarish imkonini beruvchi muhim loyihadir. Bu, aytish mumkinki, yiliga 2 milliard kubometr gaz degani", - deydi "O‘zbekneftgaz" boshqaruv raisi.

Bunday darajaga ko‘tarilish "Lukoyl"ning eng yirik Qumbuloq va Odamtosh konlarida gaz qazib chiqarishga kirishganidan dalolat berishi mumkin. Jarquduq-Yangi Qizilcha - yillik 1,1 milliard kubometr gaz bilan ta'minlovchi yana bir yirik kon hisoblanadi. 

"Lukoyl" 2008 yilning martida "Janubi-G‘arbiy Hisor" loyihasiga qo‘shilgan. Bundan avval Rossiya kompaniyasi 2017 yilda ushbu loyihada 4,8 milliard kub gaz qazib chiqarish darajasiga ko‘tarilish haqida ma'lum qilgandi. "Janubi-G‘arbiy Hisor" loyihasi 2013 yilda to‘liq rivojlanish bosqichiga o‘tgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid