Kaltak yegan bolaga tasalli berişibdi:
- Yiğlama bolakay, kaltak yaxşi narsa jannatdan çiqqan.
- Yaxşi narsa bölsa jannatdan çiqmasdi – debdi bola zörğa özini yiğidan töxtatib.
Xavotir bilan kutgan öyinda baribir biz qörqqan narsa sodir böldi. Garçi raqib guruh bosqiçida yutqaziş tugul hali biror marta öz darvozasidan töp olib çiqmagan Eron bölsa hamki, bu mağlubiyat juda alamli. Nazariy tomondan guruhda ikkinçi örinni oliş uçun hali imkoniyat bor. Pley-offda barçasini ijobiy tomonga özgatirişimiz ham mumkin. Ammo bu mağlubiyat vaziyatni biroz çigallaştirdi. Bu öyinda Erondan oçko olişimiz strategik tomondan ham juda muhim edi. Çunki, Eron oçko yöqotgan taqdirda mundial yöllanmasi uçun kuraşni davom ettirardi. Afsuski, endi forslar uçun qolgan ikki uçraşuv şunçaki rasmiyatçilik maqomida ötadi.
Samvel Babayan Eronga Toşkentda yutqazganidayoq bosim ostida qolgandi. Keyingi öyinda Xitoy ustidan ğalaba qozonib, Janubiy Koreyaga katta iştiyoq bilan yöl olgandi. Biroq Babayan şogirdlari hisobda oldinda borayotib, yakunda mağlubiyatni tan olişga majbur bölişgandi. Keyin Malayziyada kutilmaganda Suriyaga imkoniyat boy berilgaç, menejyerlikdan murabbiy bölişni uddalagan mutaxassisga bölgan işonç juda kamayib ketdi. Yöqotilgan oçkolar va tinimsiz tanqidlar natijasida Babayandagi bosim yanada ortdi. Tehronga jönaş oldidan bunga yana ikki faktor ham qöşildi. 2012 yil noyabrda Mirjalol Qosimov qöl ostida terma jamoamiz Tehrondan ğalaba bilan qaytgandi. Doim Abramov va Qosimovning faoliyati bilan soliştirişlardan çarçagan murabbiy 5 yil oldingidek ijobiy natijaga erişa olmasa, uning terma jamoaga munosib emasligi haqidagi gap-sözlar köpaygandan-köpayardi. Babayaning zimmasida “agar uning örnida Qosimov bölganida hammasi boşqaça bölardi” deguvçilarning ovozini öçirişdek murakkab vazifa ham turardi. Ikkinçidan, terma jamoaning yetakçi futbolçilari Vitaliy Denisov va uşbu saralaş bosqiçida eng köp (2ta) golimizni urgan, hozirda yaxşi sport formasida bölgan Marat Bikmayevning jarohati tufayli tarkib optimal köriniş olmadi. Eng katta yöqotiş mana şu ikki futbolçi edi. Şunday bir murakkab paytda Samvel Babayan Tehronda ğalaba qozonib, tub buriliş qilişga harakat qildi. Şu sababli ikki nafar markaziy hujumçini boşlanğiç tarkibda maydonga tuşirdi. Tehronda guruh peşqadami Eron terma jamoasiga qarşi oçiq futbol taklif qildi. Guruhdagi vaziyatdan kelib çiqsak, aslida durang ham biz uçun yomon natija emasdi. (Suriya bilan Malayziyada ötgan öşa ğalati öyinni eslang. Uçraşuvning sönggi daqiqalarida futbolçilarimiz hujumga zör berişgandi. Hujumda töp yöqotiş sababli qarşi hujumni ötkazib yuborgandik. Oqibatda öşa penalti va çöntagimizda turgan 1 oçkodan ham quruq qolgandik. Özi bu Babayan deganlarining şaxsiy luğatida DURANG sözi borligiga şubham bor).
Xullas, yaqinda “Paxtakor”dagi uzoq yillik diktaturasiga çek qöyilgan sobiq “diktator” “Ozodiy”da barça masalani uzil-kesil hal qilmoqçi böldi. Agarda ğalaba qölga kiritilganida hamma-hammasiga JAVOB bölardi bu. Ammo bir vaqtlar Aleks Fergyusondek dahoning qöl ostida işlab, uning sevimli yordamçisiga aylangan (portugaliyalik mutaxassis “Real”ga boş murabbiy sifatida taklif etilganida ser Aleks uni qöyvorişni istamaganligini, faqatgina şogirdining kelajagini öylagani uçungina bunga rozi bölganiligini keyinçalik öz kundaliklarida oçiq-oydin tan olgan) Karlos Keyruş murabbiylikda ançagina tajribasiz bölgan hamkasbiga masterklass ötib qöydi.
KeYRUŞÇA PRAGMATIKA
Öyin oldidan ikkita muhim e'tiborga molik statistik ma'lumot bor edi. Murabbiylar ştabi tomonidan mana şu ikki faktor Eron terma jamoasiga qarşi öyinga tayyorgarlik jarayonida e'tiborga olinişi kerak edi. Birinçi statistika Keyruş JÇ-2014ning hal qiluvçi saralaş bosqiçida faqat Qosimovning jamoasiga qarşi öyinda mağlubiyat uçragan. Uşbu saralaş bosqiçida esa hozirça yutqazmadi. Ikkinçi statistika, guruh bosqiçida forslar öz darvozalari daxlsizligini saqlab kelişyapti. Keyruş ham öyinni vatandoşi Joze Mourino singari himoyadan quradi. Bilasiz, Mourino qaysi jamoada faoliyat olib borgan bölsa eng avvalo metin himoya qörğonini barpo etişga harakat qiladi. “Çelsi”ga birinçi marta kelgan vaqtlarda jurnalistlarga intervyu berar ekan, “Menga hujum qilişdan köra himoyada şturm taşkil etiş köproq yoqadi. Bu xuddi mustahkam qal'ada turib jang qilişga öxşaydi” degan gapni aytgandi. “Portu” va “Inter” bilan Yevrokuboklarda ğalaba qozonişida bu klublarda özining qaraşlariga mos jamoani şakllantira olgani asosiy omil bölgandi. YeÇLning 2004/2005 yilgi mavsumida nimçorak finalida Mourino qöl ostida “Çelsi” Kataloniyaning “Barselona”siga töqnaş keladi. Öşa paytlarda futbol olamida porlayotgan Ronaldino boşçiligidagi “Barsa”ning imkoniyatlari yuqoriroq baholayotgandi. “Nou Kamp”da ötgan dastlabki uçraşuvning dastlabki 15 daqiqasida kataloniyaliklar londonliklarni himoyaga qamab taşlagandi. Guyoki, saviya borasida juda katta tafovut bölgan jamoalarning öyiniga öxşaş manzara kuzatilgandi. Ammo birgina qarşi hujum bilan “Çelsi” hisobni oçgandi. Töğri, uçraşuvda Raykaard şogirdlari 2ta javob töpini kiritgan holda ğalaba qozongandi. Ikki öyin natijasiga köra baribir Mourino jamoasi raqibdan ustun kelgandi (Londonda 4:2 hisobi qayd etilgan). Öşanda Mourino jahon futboliga öziga xos pragmatik uslubi bilan kirib kelganligini butun dunyoga namoyiş etgandi. 2009/2010 yilgi YeÇL yarim finalida Mourino “Inter” bilan yana “Barselona”ga qarşi özining natijaga asoslangan taktikasi orqali muvaffaqiyatga erişgandi. Dastlabki uçraşuvda italiyaliklar öz maydonlarida 3:1 hisobida ustun kelişgandi. Javob bahsida esa dahşatli “Barselona”ni töxtatiş juda qiyindek edi. Ammo Mourinoning pragmatikasi qarşisida Gvardiolaning “Yengilmas Armadasi” çorasiz qolgandi.
Keyruşning Joze Mourinoga öxşaş jihatlari bor. U ham köproq vatandoşi kabi natijani birinçi planga qöyadi. Töğri taktika tanlaş va taktik ayyorlikda ham Jozega öxşab ketadi. Yana provakatorlikda ham “Özgaça inson”dan qolişmaydi. 2013 yilda Çoy Kan Xi bilan OAV orqali “jang” boşlab hammani çalğitişga erişgandi. Karlos Keyruşning murabbiylik qaraşlariga baho berişda (“Mançester Yunayted”da yordamçi murabbiy, “Real”da qisqa va muvaffaqiyatsiz işlagan, Portugaliya termasida 2008-2010 yillarda) aynan Eron termasidagi faoliyatining özi yetarli. Keyruş kelgan (2011 yil) paytda Ali Dai va Ali Karimilar davri tugagan va Eron Osiyodagi yetakçilik maqomidan biroz tuşgan edi. Bir vaqtlar özining hujumkor öyini va futbolçilari bilan dovruğ qozongan Eron Keyruş qöl ostida natijaga asoslangan taktikada öynaşga asta-sekinlik bilan moslaştirildi. Yodingizda bölsa, JÇ-2014 guruh bosqiçida Messi, Di Mariya, Aguero kabi superyulduzlari bor Argentina termasi ham forslar darvozasini işğol qila olişmagandi. Uning asosiy quroli Mourinonikidan unçalik farq qilmaydi. Mustahkam himoya va vaziyat bölişi bilan tezkor qarşi hujumga ötiş. Allegrining “Yuventus”i ham xuddi şunday uslub bilan Çempionlar Ligasi finaliga yetib borgandi. Xullas, Eronda jurnalistlar tomonidan köp bora tanqid qilinadigan murabbiyning tejamkor, aqlli va natijaga asoslangan taktik uslubi özini yuz foiz oqlamoqda.
BABAYaN TAKTIK TOMONDAN YuTQAZDI
Yuqorida ötgan saralaş bosqiçida faqatgina Mirjalol Qosimov portugaliyalik mutaxassisdan ustun kelgan faktni ta'kidlab ötgandim. Keyruş diskvalifikatsiya sababli zaxirada ötirib öyinni kuzatişga majbur bölgan uçraşuvda Özbekiston terma jamoasi Eron ustidan zafar quçib, Toşkentdagi mağlubiyat uçun munosib öç olgandi. Öşa uçraşuvda ham biz uçun ğalaba juda kerak edi. Ammo Qosimov durang natija ham aslida qandaydir imkoniyatlarni saqlab qolişini öylagan holda Keyruşga qarşi özining uslubida pragmatik öyin taklif qilgandi. Öyin davomida baribir qandaydir imkoniyat bölişini xotirjamlik bilan kutildi va 72-daqiqada Uluğbek Baqoyev ğalaba töpini eronliklar darvozasiga yöllagandi. Babayan esa öyinga boşqaça yondaşdi. Aslida durang ham biz uçun qoniqarli hisob edi. Ayniqsa, Qatarning Janubiy Koreya ustidan ğalaba qozonganidan keyin 1 oçkoning qiymatidan ham köra Eronning Koreyaga qarşi yöllanma uçun maydonga tuşişi muhim edi. Çunki, Eron hozir şunday saviyadaki, maksimal darajada imkoniyatlarini işga solsa mehmonda ham Janubiy Koreyani yenga oladi. Biz esa oçko oliş tugul töplar nisbatini ham yomonlaştirib yubordik 6:6. Samvel Babayan köproq ğalaba haqida öyladi. Şu bois raqibning imkoniyatlaridan kelib çiqib emas, özimizning içki imkoniyatlarga katta ahamiyat qaratdi. Şogirdlarini yaxşi ruhlantira olgani ilk daqiqalardanoq sezildi. Agar raqib Qatar, Xitoy yoki Suriya bölganida bu yondaşuv töğri bölardi, ammo aksariyat futbolçilari legionerlardan iborat bölgan Eron terma jamoasiga qarşi bunday taktika tanlaş katta tavakkal edi. 3-tur doirasida Toşkentdagi bahsning dastlabki daqiqalarida Eron öyinni faol boşlagandi. Bunga javoban biznikilar ham ortiqça ehtiyotkorlikni çetga surib qöyib, oçiq futbol öynay boşlaşgandi. Natijada mehmonlarning qarşi hujumi Islom Töxtaxöjayevning qoida buzişi bilan tugagan, standart vaziyatdan darvozamiz işğol qilingandi. Keyin esa Eron himoyaga mustahkam örnaşgan holda öyinni davom ettirib, ğalabani saqlab qolgandi. Bu Keyruşning öziga xos uslubi. Avval raqibga oçiq futbol taklif etgan holda qiziştirib oladi va keyin xatosini kutadi. Bu gal ham şunga yaqinroq ssenariy guvohi böldik. Boşida Eron hujum qildi, hujum qilişimizga imkon berdi. Söng biznikilarni orqaroqda kuta boşladi. Hujumga ötayotgan pallada töpni yöqotdik. Tezkor qarşi hujum natijasida Sardor Özmun yakkama-yakka holatga çiqarildi. Natijada Lobanovning oyoqlari orasidan ötib ketgan töp darvozamiz töridan joy oldi. Ahamiyat bergan bölsangiz, Özmunga töp uzatilayotgan paytda markaziy himoyaçilarimiz maydon markazida edi!!! Köryapsizmi, Babayan tanlagan taktika Keyruş uçun ayni muddao bölganini? Aslida Eron mezbon edi, guruhda peşqadam edi. Muxlislar qarşisida hujumkor va çiroyli öyin qilişi ham mumkin edi. Lekin Keyruşdek tajribali murabbiylar muhim bahslarda bunday “risk” qilişmaydi. Yana öyinga qaytamiz. Bu safar vakillarimiz Suriya yoki Tailand bilan öyindagidan ança farqli öyin körsatişdi. Yakkakuraşlarda raqibdan köpgina vaziyatlarda ustunlik qilişdi. Hatto mezbonlarni bir neça bor xato qilişga majbur etişdi. Töp nazorati borasida ham ustunlikka ega bölişdi. Agar Abduxoliqovning uzatmasini Şomurodov golga aylantirganida yakun umuman boşqaça bölişi ham mumkin edi. Ammo Eldorning bir yomon odati bor töpni qabul qilayotganda köpinça özidan bir uzoqlaştirib keyin uni öziga böysundirişga harakat qiladi. Öşa vaziyatda bir harakat bilan töpni egallab olganida gol kiritiş imkoniyatiga ega bölardi. Afsuski, uning ana şu kamçiligi bizga pand berdi. Temurxöjaning özi ham yaxşi vaziyatni yöqqa çiqardi. Jarima maydonçasiga yaxşi kirib bordi-yu, juda qulay vaziyatda, aniqroği darvozaga şunçaki töpni yönaltirib qöyiş mumkin bölgan holatda turgan şeriklariga töpni uzatiş örniga özi noaniq zarba yölladi. Umuman olganda maydonda dispetçer yöqligi yaqqol sezildi. Köplab hujumlarimiz noaniq uzatmalar tufayli yakuniga yetmasdan qoldi. Çap qanotda Denisovning yöqligi sezilib turdi. Andreyev kutilmaganda jarohat olgaç, uni örniga ötib harakat qilgan Şorahmedov hujumlarga ötişda faol böldi-yu faqat raqib jarima maydonçasiga uzatgan töplari juda noaniq böldi. Çapaqay emasligi pand berdi unga. Belgilangan penalti haqida töxtalişni istamayman.
Öyinda hakamlar işlab turar ekan, biz özbeklarga ğalaba qozoniş har doim qiyin böladi! Faqat mezbonlar penaltidan foydalana olişmagaç, ruhiy ustunlik biz tomonga ötişini kutgandim. Ammo raqibning ikki qavatli himoya devorini yorib ötiş futbolçilarimizga nasib etmadi. Boş murabbiyimizga mazkur öyin uçun tanlangan taktikadan boşqa yana bir e'tirozim bor. Yaxşi öynab turgan, Abduxoliqovni zaxiraga oliş xato böldi. Menimça, Maşaripovni Şomurodovning örniga tuşiriş lozim edi. Çunki, öyin kartinasida Eldordan köra Temurxöjaning öyini nisbatan yorqinroq körinayotgandi.
Öyin oxirida termamiz ustozi öyinni qutqariş maqsadida oldinga katta kuçni taşladi va buning oqibatida qarşi hujumda Eron bizni yana bir bor jazoladi. Mana şu gol forslarni JÇ-2018ga olib çiqdi, Babayanni esa mağlubiyatni tan olgança, öyinning sönggi daqiqalarini ötirgan holda kuzatişga majbur qildi. Öyindan oldin murabbiylarimiz tomonidan va'da qilingan Eronga tayyorlab qöyilgan “sovğa” aslida 2018 yil yozida Rossiyaga boriş yöllanmasini beruvçi mundial ÇIPTAsi ekan!
ĞARBIY FRONTDAN YoRDAM
Şu tariqa, Babayanga qöşilib hammamiz öyçan holatda qolgandik. Baxtimizga 13iyundan 14 iyunga ötar keçasi Qatar terma jamoasi öz maydonida guruhdagi asosiy raqibimiz Janubiy Koreyani mağlubiyatga uçratib, könglimizda umid çiroğini yoqdi. Hasan Haydos özbeklarning Mundialga çiqişini şu qadar istagan ekanki, koreyalik himoyaçilarga umuman tinçlik bermadi. Agar milliy terma jamoamiz 2-örin bilan Rossiyaga boriş yöllanmasini qölga kiritsa, şu yigitga Özbekistonning istalgan göşasida mazza qilib hordiq çiqariş imkonini beriş kerak. Tağin bunga qöşib Özbekiston qahramoni degan unvonini ham bersa böladi. Axir özimiznikilar ham uningçalik jon kuydirmagandi şu paytgaça.
Koreyaning mağlubiyatidan söng guruhdagi vaziyat biz uçun deyarli özgarmay qoldi. Printsipial raqibimiz bölgan koreyslarda 13, bizda esa 12 oçko. Endi bizni minimum bitta ğalaba ham Jahon çempionatiga olib çiqişi mumkin. Faqat buning uçun forslar özlari uçun keraksiz uçraşuvda mezbon Janubiy Koreyani yutişi kerak. Biz esa Toşkentda aynan Koreya ustidan ğalaba qozonib, tarixiy natijaga erişişimiz mumkin. Yana bir variantga köra 4 oçko bizni JÇga olib çiqadi. Termamiz Xitoyda durang öynaydi, Toşkentda esa ğalaba qozonadi. Bunda Eron Koreyaga yutqazmasligi kerak. Boşqa bir variantda Eron-Koreya durang öynaydi va biz Çin yurti termasidan ustun kelamiz, Toşkentda esa durang natija ham biz uçun yetarli böladi. Agarda maksimal 6 oçko olsak, ya'ni qolgan ikki uçraşuvda ham ğalaba qozonişni uddalasak yuz foiz mundialga yöl olamiz. Bunda Eron-Koreya uçraşuvi natijasi ahamiyatsiz bölib qoladi. Xullas, endi hammasi özimizga boğliq bölib qoldi. Faqat keyingi uçraşuvlarga qadar termamiz öyinini kuçaytiriş zarur. Çunki, maşhur Marçello Lippi murabbiylik qilayotgan Xitoy termasi ham ijobiy tomonga özgaryapti. Koreyslar esa Ule Ştilikeni iste'foga çiqarişdi. Sentyabrgaça vaqt hali köp. Yangi murabbiy bu vaqt içida inqirozdagi terma jamoani öziga keltirib olişi mumkin. Janubiy Koreyada yuqori saviyali futbolçilar yetarliça topiladi. Gap ularning öyinini özgartirişda. Toşkentda biz umuman boşqaça Koreyani körişimiz ham mumkin. 2 oydan köproq vaqt mobaynida futbolimiz mutassaddilari milliy terma jamoamizning bölajak uçraşuvlariga munosib tayyorgarlik körişi uçun imkoniyatlarni maksimal darajada işga solgan holda barça şaroitlarni yaratib berişi kerak.
Taqdirning hazilini qarang, 4 yil oldin Janubiy Koreya sönggi turda Eronga öz maydonida yutqazib bizni alamli tarzda qoldirib, forslarni Braziliyada ötgan JÇga olib çiqqandi. Endi koreyslarning özlari Eronning kömagiga muhtoj. Qiziq, senor Keyruş eski “qarz”ini esidan çiqarganmikan? Bizning esa Koreya termasida alamimiz bor. Bu safar Seulda endi Eronga muxlislik qilamiz. Köramiz, Haydosdek mard yigit forslarda topilarmikan?..
Rahim YuSUF ALI












