«Monako» futbolçisi Kilian Mbappening kelajagi futbolçining agenti va monegaskliklar rahbariyati tomonidan muhokama qilinadi. Bu haqda L’Equipe xabar tarqatdi.

18 yoşli fransuzning yakunlangan mavsumda körsatgan öyinlari köplab klublarning qiziqişlariga sabab böldi va jiddiy takliflar bildirila boşlandi. Ammo «Monako» Mbappeni tarkibda saqlab qolmoqçi va unga moliyaviy jihatdan qulay şartnoma taklif etmoqçi.

Futbolçi uçun asosiy da'vogar «Real» bölib turibdi. Çempionlar ligasi ğoliblari Mbappeni yozda sotib olib, uni yana bir yilga «Monako»da ijara asosida qoldirişga rozi, bundan maqsad futbolçida doimiy öyin amaliyotiga ega böliş va Fransiya terma jamoasi bilan 2018 yilgi jahon çempionatida iştirok etişiga imkon yaratib beriş hisoblanadi.

«Real» Mbappe uçun 135 million yevro tölaşga tayyor. Bu Alvaro Morata «Mançester Yunayted»ga sotilsa, röy beradi.

2016/2017 yilgi mavsumda Mbappe asosiy jamoada debyut qildi, u barça turnirlar doirasida monegaskliklar uçun 44 uçraşuvda 26 gol urib, 14 golli pas berdi. Uning «Monako» bilan şartnomasi 2019 yilgaça tuzilgan.