AQŞ mudofaa vazirligi Afğonistonga qöşimça 4 ming harbiy yuborişni rejalaştirmoqda va bu haqda keyingi haftada e'lon qiladi. Bu haqda AQŞ ma'muriyatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, bu qadam Afğonistonda jangarilarga qarşi "qotib qolgan" kuraşni joyidan siljitişga yönaltirilgan.

Yuboriladigan köşinlarning asosiy qismi afğon harbiylarini tayyorlaş bilan şuğullanadi, biroq ba'zi harbiylar "Tolibon"ga qarşi aksilterrorçilik operatsiyasiga jalb qilinadi.

Pentagonda bu ma'lumot hozirça tasdiqlanmadi. Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Kristofer Şervud "hali heç qanday qaror qabul qilinmaganini" aytgan.