Virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari öz faoliyatini boşlaganidan buyon ötgan davr mobaynida mamlakatimiz böyiça qariyb 890 mingga yaqin fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Uşbu murojaatlarning 93 foizi örganilib, tegişli javob qaytarildi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida ma'lum qildi.
"Murojaatlarning qolgan qismi esa, ayni paytda mutaxassislar tomonidan körib çiqilmoqda. Alohida ta'kidlaş zarurki, fuqarolarimizdan kelib tuşayotgan murojaatlarning qariyb 80-90 foizi asosli va örinli bölib, ular yillar davomida e'tibor qaratilmasdan, töplanib qolgan muammolar ekanini tahlillar körsatmoqda, - dedi davlat rahbari. - Bularning barçasi, oçiğini aytadigan bölsak, katta-kiçik böğindagi rahbarlar, davlat va xöjalik organlari xodimlari xalq bilan muloqot qilişni deyarli unutib qöyganini, bu masala jamiyatimizda naqadar dolzarb bölib turganini körsatadi.
Şu munosabat bilan men yana bir bor ta'kidlab aytmoqçiman: xalq bilan muloqot va inson manfaatlarini ta'minlaş – bu vaqtinçalik kampaniya emas, balki davlat siyosatining ustuvor yönalişi bölib, doimo e'tiborimiz markazida turadigan masaladir".
Şu borada yana bir muhim institut – Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş böyiça Prezidentning davlat maslahatçisi xizmati tuzilgani qayd etildi.
Hozirgi kunda uşbu xizmat xodimlari tomonidan joylarda – Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida sayyor qabullar taşkil etilib, aholining murojaatlari mahalliy davlat boşqaruvi idoralari vakillari iştirokida körib çiqilib, qonuniy hal qilinayotgani ta'kidlandi.
"Bu haqda albatta köp gapiriş mumkin. Lekin ana şu işlarimiz, islohotlarimizning barça-barçasi uluğ va yagona bir maqsadga qaratilgan. U ham bölsa, xalqimizning tinçligi, osoyiştaligini asraş, aholi farovonligini oşiriş, farzandlarimizni soğlom va barkamol insonlar etib tarbiyalaşdan iborat.
Bugun sizlar bilan şu yönalişda olib borayotgan işlarimizni atrofliça tahlil qilib, ularni tanqidiy baholab, öz yeçimini kutayotgan dolzarb vazifalarni belgilab olişimiz zarur", - dedi Şavkat Mirziyoyev.











