Çililik jurnalistdan aeroportdan mehmonxonagaça bölgan masofa uçun 50 ming rubl (900 dollar) undirgan moskvalik taksiçi unga pullarini qaytarib bergan. Bu haqda IIVning Moskva bölimi xabar qildi.

Bundan oldinroq politsiya uşbu haydovçini firibgarlikda ayblab, qölga olgandi. 

«Çili Respublikasi fuqarosi Diyego Gaspar Sayez Mirandega Domodedovo aeroportidan mehmonxonagaça yöl uçun yöl kira sifatida olingan 50 000 rubl qaytarib berildi. qölga olingan haydovçi janubiy amerikalik mehmondan uzr söradi», — deyilgan xabarda.

Haydovçi tergov vaqtida qöli bilan 5 raqamini körsatgani, u bergan pullarni esa çoyçaqa deb öylaganini aytgan. U mehmondan uzr sörab, uni Moskva böylab tekinga aylantirişga roziligi haqida aytgan. 

Moskvada taksiçi aeroportdan mehmonxonagaça yöl uçun çililik jurnalistdan 900 dollar undirdi