Konfederatsiyalar kubogiga 1992 yilda «Qirol Fahd kubogi» deb asos solingan va daslabki ikki kubok 1992 va 1995 yillarda Saudiya Arabistonida ötkazilgan. Ularning dastlabkisida Argentina mezbonni yengib, çempion bölgan bölsa, keyingisida Daniya finalda aynan Argentina ustidan zafar quçgan.
1997 yildan Kubok «Konfederatsiyalar kubogi» nomini olgan va yana Saudiyada taşkillaştirilgan. Avvaliga kubokni har ikki yilda — toq yillarda ötkaziş möljallangan. Şu sababli u 1999 yili Meksikada, 2001 yili Yaponiya va Janubiya Koreyada, 2003 yili Fransiyada va 2005 yili Germaniyada ötkazilgan.
Aynan 2005 yildan boşlab kubok har 4 yilda ötkazilişi, musobaqa mezboni esa bir yil keyin futbol böyiça jahon çempionatini qabul qiluvçi davlat bölişi belgilab qöyildi. Şunday qilib, Konfederatsiyalar kubogi jahon çempionatidan oldin öziga xos repetitsiya vazifasini ötab beradigan böldi
Şundan söng 2009 yili JAR, 2013 yili Braziliya va 2017 yili, mana, Rossiya uşbu musobaqaga mezbonlik qilib turibdi.
Aytiş kerakki, Konfederatsiyalar kubogi şu paytgaça 9 marta ötkazilgan bölsa, bor yöği 5 terma jamoa unda ğolib çiqqan. Braziliya (1997, 2005, 2009, 2013 — 4 marta), Fransiya (2001, 2003 — 2 marta), Meksika (1999), Argentina (1992) va Daniya (1995) — bir martadan.
Söngi uç safardan buyon Braziliya ketma-ket ğolib bölib ketlayotgani e'tiborga molik. Lekin braziliyaliklarning seriyasiga barham beriladi, çunki bu terma jamoa Rossiyadagi turnirga yöllanma ololmagan.
Eng qiziği, Rossiyada ötadigan turnirda Portugaliya, Çili va Rossiya kabi nomdor terma jamoalar debyut qilişadi. Qoyilmisiz?
2016 yilda Yevropa futbol klublari assotsiatsiyasi (ECA) FIFA bilan klublar örtasidagi jahon çempionati ötkaziliş tartibiga özgartiriş kiritiş, jumladan, uning iştirokçilari sonini 6 tadan 24tagaça oşiriş hamda uni har ikki yilda yoz faslida ötkaziş borasida muzokaralarni boşlagan. Agar mazkur muzokaralar muvaffaqiyatli tugasa, Konfederatsiyalar kubogi bekor qilinadi va uning örnini klublar örtasidagi islohot qilingan çempionat egallaydi.
Konfederatsiyalar kubogi–2017 yil
«A» guruhi: Rossiya, Yangi Zelandiya, Portugaliya, Meksika
«V» guruhi: Germaniya, Avstraliya, Kamerun, Çili
Guruh bosqiçi öyinlari (Toşkent vaqti bilan)
17 iyun, 20:00. Rossiya - Yangi Zelandiya. Sankt-Peterburg
18 iyun, 20:00. Portaguliya - Meksika. Qozon
18 iyun, 23:00. Kamerun - Çili. Moskva
19 iyun, 20:00. Avstraliya - Germaniya. Soçi
21 iyun, 20:00. Rossiya - Portugaliya. Moskva
21 iyun, 23:00. Meksika - Yangi Zelandiya. Soçi
22 iyun, 20:00. Kamerun - Avstraliya. Sankt-Peterburg
22 iyun, 20:00. Germaniya - Çili. Qozon
24 iyun, 20:00. Meksika - Rossiya. Qozon
24 iyun, 23:00. Yangi Zelandiya - Portugaliya. Sankt-Peterburg
25 iyun, 20:00. Germaniya - Kamerun. Soçi
25 iyun, 20:00. Çili - Avstraliya. Moskva
Yarimfinal
28 iyun, 22:00. A1 - V2. Qozon
29 iyun, 22:00. V1 - A2. Soçi
3-örin uçun öyin
02 iyul, 16:00. Moskva
Final
02 iyul, 22:00. Sankt-Peterburg












