Özbekistonlik astronomlar Qaşqadaryo viloyatidagi Hisor toğ tizmalarida joylaşgan Maydanak observatoriyasida öta yangi yulduzning çaqnaşini qayd etişdi. Bu yulduz Yetti qaroqçi (Katta Ayiq) yulduz turkumidagi NGC 3938 raqamli spiral galaktikada röy berdi. Astronomiya sohasidagi zamonaviy tasavvurlarga köra, yulduzlar ham tirik mavjudotlar kabi tuğilişadi (paydo bölişadi), milliard yil rivojlanişadi (umr körişadi) va nihoyat sönişadi. Ayrim yulduzlarning evolyutsiyasi öta halokatli, katta portlaş bilan tugaydi. Bunday paytlarda yulduzning qa'rida qizib yotgan modda atrofga soçilib ketadi va keçagina xira bölib yoki umuman Yerdan turib körinmaydigan yulduzça örnida yorqin Öta yangi yulduz paydo böladi. Bunday jarayonlarni kuzatiş olimlarga yulduzlarni tuzilişi va evolyutsiyasi konunlarini tuşuniş kabi fundamental masalalarga oydinlik kiritişga xizmat qiladi.

25 may kuni paydo bölgan va SN 2017ein nomi bilan qayd etilgan Öta yangi yulduzning ahamiyati şundaki, u bizga nisbatan yaqin, “atigi” 50 million yoruğlik yil masofada joylaşgan va binobarin biz u haqida batafsil ma'lumotlar olişga ega bölyapmiz. Yulduz yorqinligi özgarişining dastlabki tahlillari bu noyob hodisa ekanligini körsatmoqda. Şuning uçun Maydanakda bajarilgan va bajarilayotgan kuzatuvlar nihoyatda muhim hisoblanadi va katta ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Yana bir narsani qayd etiş zarur. Bundan bir neça yil oldin germaniyalik olimlar Buyuk Britaniyadagi maşhur Bodleyan kutubxonasida saqlanayotgan, Abu Ali Ibn Sino qalamiga mansub “Kitob al-Şifo” asarida 1006 yilda röy bergan Öta yangi yulduzning ta'rifini topişga muvaffaq bölganlar. Ibn Sino 1002-1008 yillarda Xorazmdagi Ma'mun akademiyasida faoliyat körsatganligini inobatga olsak, bu fakt Akademiyaning ilmiy faoliyatini oçib beruvçi yangi bir manba sifatida xizmat qiladi. Bundan taşqari, eng avvalo, özining tibbiyot va falsafa sohalaridagi asarlari bilan maşhur bölgan buyuk bobokalonimizning merosi naqadar serqirra ekanligiga yana bir bor amin bölamiz.