Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan Kun.uz tahririyatining ijodiy jamoasi Qaşqadaryo viloyatiga safar uyuştirdi. Mazkur safar davomida viloyatda yuz bergan özgarişlar, olib borilayotgan işlar bilan birga mavjud muammo va kamçiliklar ham örganildi.

Ana şu yutuq va kamçiliklar, fuqarolar murojaati tahlili va istiqboldagi rejalar yuzasidan viloyat hokimi Zafar Röziyev bilan suhbat bölib ötdi. Jumladan, viloyat hokimi Prezident qabulxonasiga murojaat yöllaş böyiça Qaşqadaryoning yetakçi örinlarda qayd etilayotgani borasida töxtalar ekan şunday fikrlarni bildirdi:

“Mustaqillikning 25 yili davomida viloyatda muayyan işlar amalga oşirildi. Ammo muhtaram prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan virtual qabulxona hayotimizda öz yeçimini kutayotgan juda köplab muammolar borligini, aytiş mumkinki, odamlarning turmuş tarzi jar yoqasiga kelib qolganini körsatib qöydi. Tan olib aytiş lozim-ki, şu paytga qadar oddiy insonlar hayotiga befarq qarab kelingan. Bu holatni viloyat hokimidan tortib, mahalla oqsoqoligaça bölgan rahbarlar iş jarayonida uçratiş mumkin edi. Virtual qabulxonaning taşkil etilişi tom ma'noda barça rahbarlar uçun kelajak rejasini tuzişda ham as qotmoqda.

Ana şunday muammolar uy-joy, yer, sud-huquq masalalarida örtaga çiqmoqda va ularning aksari öz yeçimini topayapdi. Murojaatlarning aksarida Respublika idoralari bilan boğliq kamçiliklar ham çiqib qolyapti. Biz nafaqat mazkur murojaatlar asosida, balki özimizning çekka tumanlarga safarlarimiz çoğida ham aholi örtasida mavjud muammolarni öz örnida va tezkorlik bilan ijobiy hal etyapmiz. Bu esa odamlar ruhiyatida prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatga nisbatan ijobiy munosabatning paydo bölişiga sabab bölmoqda”.

Viloyat hokimi joriy yilning fevral oyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning viloyatga safari borasida töxtalar ekan, bu taşrif Qaşqadaryo viloyati uçun yangi sahifa oçganini ta'kidladi.

“Viloyatdagi juda köplab muammoli masalalar mazkur taşrif davomida öz yeçimini topayapti. Umumiy qiymati uç trln söm bölgan tört mingga yaqin loyiha dasturi işlab çiqildi. 2017-2018 yil davomida viloyatda jami 50 mingga yaqin muqim iş örni yaratiş rejalaştirildi. Bu viloyatning oçilmagan imkoniyatlaridan unumli foydalaniş va fuqarolarning ayrim muammolariga yeçim topişda turtki böladi.