Madridning «Real» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Ispaniyada unga bölayotgan munosabatdan norozi. Portugaliyalik futbolçi bu haqda madridliklar boş murabbiyi Zinedin Zidan bilan telefon orqali muloqotida ma'lum qilgan.
«Ispaniyada menga xuddi jinoyatçilarga qilgandek muomala qilişmoqda. Birinçi navbatda matbuotda», — deya Ronalduning sözlarini keltiradi Cope radiosi.
Frantsuz mutaxassisi Portugaliya terma jamoasi sardoriga telefon qilib, uni öz qarorini qayta körib çiqişga va «Qirollik klubi»da olib qoliş uçun köndirişga urinib körgan, biroq Ronaldu «Real»ni tark etiş fikridan qaytmagan.
Eslatib ötamiz, Ronaldu 2011-2014 yillar davomida 14,7 million yevro miqdorida soliqlarni tölaşdan böyin tovlaşda ayblanmoqda. Şu bois hujumçi «Real»ni tark etiş payiga tuşib qolgan. Portugaliyalik futbolçining fikriça, Madrid klubi uni himoya qilmayapti.











