Konfederatsiyalar Kubogining A guruhidagi ikkinçi uçraşuv Qozon şahridagi «Kazan Arena» stadionida Portugaliya va Meksika terma jamoalari örtasida ötkazildi va 2:2 hisobida yakunlandi.

Öyinning 22-daqiqasida meksikaliklar darvozasi işğol etilgandi, ammo hakam videoarbitr bu vaziyatda ofsayd qayd etgani tufayli golni bekor qildi.

Bölimning ikkinçi qismida portugallar baribir öz maqsadlariga erişdi, 34-daqiqada Ronaldu Rikardu Kuarejmani darvozabon bilan yakkama-yakka holatga çiqardi - 1:0.

Lekin bölim yakunlanişiga bir neça daqiqa qolganda meksikaliklar hisobni tenglaştirişdi, gol muallifi — Haver Ernandes.

86-daqiqada portugallar yana oldinga çiqişdi — jarima maydoniga yorib kirgan himoyaçi Sedrik Oçoani doğda qoldirdi. Lekin öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Ektor Moreno meksikaliklarga durang natija keltirgan golni urdi.

21 iyun kuni Portugaliya «Otkrytiye Arena» stadionida Rossiya bilan öynaydi, Meksika şu kuni Soçida Yangi Zelandiya bilan bahslaşadi.

Endilikda A guruhida vaziyat quyidagiça: 1. Rossiya — 3 oçko; 2. Portugaliya — 1; 3. Meksika — 1; 4. Yangi Zelandiya — 0.

Konfederatsiyalar Kubogi—2017
A guruhi
Portugaliya – Meksika 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 34 Kuarejma, 1:1 – 42 Ernandes, 2:1 – 86 Soareş, 2:2 – 90+2 Moreno.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soareş, Fonte, Andre Gomeş, Vilyam Karvalyu, Kuarejma (Andre Silva, 82), Moutinyu (Adriyen Silva, 58), Nani (Jyelson Martinş, 58), Ronaldu.
Meksika – Oçoa, Moreno, Reyyes, Layyun, Guardado, Dos Santos, Errera, Vela (dos Santos, 57), Salsedo (Arauxo, 67), Ernandes, Ximenes (Peralta, 79).
Ogohlantirişlar: Adriyen Silva (68), Guardado (73), Andre Gomeş (90).