Autodato portali Kia’ning yangi yöltanlamasi ilk tasvirlarini e'lon qildi. Stonic modeli dizayn böyiça Koreya markasining bironta boşqa modeliga öxşamagan.

Aftidan yangi yöltanlamas Hyundai’ning yangi krossoveri - Kona negizida işlab çiqilgan. Ularning ölçamlari ham juda öxşaş. Kona’da bu 4165 millimetr uzunlik, 1800 millimetr kenglik va 1550 millimetr balandlik (ğildirak bazasi 2600 millimetrga teng).

Yöltanlamas taşqi qiyofasi radiator panjarasining noodatiy şakli va “rangli” tom bilan ajralib turadi. 

Stonic salon dizayni böyiça ham Hyundai’ga öxşamaydi. Kia’da oldingi panel umuman boşqa va multimediali tizim displeyi özgaça tarzda bezalgan.

Yöltanlamas motori Hyundai Kona’ga öxşab ketadi. Bozorga qarab u ikki litrli benzinli, «turbo törtlik», litrli «uçtalik», şuningdek, hajmi 1,6 litr bölgan dizelli qurilma bilan taklif etiladi. Motolardan ba'zilari töla uzatma bilan ham uyğunlaşişi mumkin.

Kutilişiça, Kia Stonic virtual premerasi 20 iyun kuni bölib ötadi. Keng ommaga esa yöltanlamas Frankfurtda sentabr oyida bölib ötadigan avtoşouda namoyiş etiladi.