Soğliqni saqlaşni isloh qiliş davlat dasturlari amalga oşirilişi natijasida yuqori texnologik ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatişning prinsipial jihatdan yangi tizimi taşkil etildi. 

Respublikada ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari, şu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, köz mikroxirurgiyasi, urologiya, akuşerlik va ginekologiya, pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya (keyingi örinlarda – Respublika markazlari) sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va yuqori malakali vraçlar bilan töldirilgan ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari faoliyat körsatmoqda.

Şunday bölsa-da, ixtisoslaştirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam körsatiş asosan Toşkent şahrida jamlangan bölib, bu respublika mintaqalari aholisining tegişli xizmatlardan foydalanişini çeklab qöymoqda. Zamonaviy diagnostika va maxsus tibbiyot uskunalari bilan yetarliça jihozlanmaganlik, zamonaviy uskunalarda işlaş uçun vraçlarning yetarliça tayyorlanmaganligi tufayli yuqori texnologik ixtisoslaştirilgan tibbiy yordamning ayrim turlaridan respublika aholisi foydalana olmayapti. 

Şu munosabat bilan quyidagilarni nazarda tutgan holda ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar körsatiş tizimi barça darajalarda isloh qilinadi:

- respublika darajasida – ixtisosli yönalişlar böyiça eng zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar körsatiş;

- viloyat darajasida – ixtisosli yönalişlar böyiça zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar körsatiş;

- tuman (şahar) darajasida – yangidan taşkil etiladigan ixtisoslaştirilgan turdoş bölimlar negizida ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar körsatiş;

- birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini taşkil etiş darajasida – maxsus tasdiqlangan jadval böyiça tuman (şahar) va viloyat darajasidagi taşkilotlarning tor ixtisosli mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar berilişini, şuningdek, davolaş va konsultativ-diagnostika yönalişlari böyiça ixtisoslaştirilgan tibbiy yordamning ayrim turlarini körsatiş.