Lincoln kompaniyasi Navigator törtinçi avlod yöltanlamas avtomobilining uzaytirilgan namunasini taqdim etdi. Yangi avtomobil bu rusumdagi avtomobillar röyxati içida eng yirigi va eng qimmati bölib turibdi.
Extended modifikatsiyasi oddiy Navigator’dan 30 santimetrga uzun va avtomobilning umumiy gabarit uzunligi 5,64 metrga yetadi. Ğildiraklar bazasi ham 25 santimetrga oşirilgan.

Yangi avtomobil kengroq orqa eşiklari bilan farqlanadi. Lincoln tarqatgan xabarlarga köra, bu segmentdagi avtomobillar içida ikkinçi qator örindiqlardan keyin eng katta zaxira maydoniga ega. Örindiqlarning uçinçi qatoridan keyingi yuk maydoni uzaytirilgan namunada deyarli 425 litr hajmiga teng.

Oddiy «Navigator» va uning Extended modifikatsiyasi AQŞda şu yilning kuzidan sotuvga çiqariladi. Oddiysining narxi 72 ming dollar bölsa, uzaytirilgan namunasiniki 81 ming dollardan boşlanadi.

Black Label deb ataluvçi top komplektatsiyada uzaytirilgan yöltanlamas avtomobil kamida 96.905 dollarga narxlanadi. Qöşimça jihozlar röyxatida, masalan, orqa örindiqdagi yölovçilar uçun multimediya kompleksi (qöşimça 2 ming dollar), 30 yönalişda özgartiriş mumkin bölgan va massaj qiluvçi qurilmaga (1250 dollar) ega old örindiqlar ham bor.











