Amerikaning Lincoln kompaniyasi yangi avlod Navigator yöltanlamasini namoyiş qildi. Uning jahon taqdimoti Nyu Yorkdagi motorşouda bölib ötdi. Model ötgan yilgi kontsept-karni aniq takrorlaydi. 

Yangi «Navigator» Ford F-150 şassi negizida işlab çiqilgan, uning kuzovi esa alyuminiydan yasalgan. Bu bilan maşina vazni salkam 91 kg yengillaşgan. 

Ulkan yöltanlamasni 3,5 litrli, EcoBoost biturbo V6 motori harakatga keltiradi. Dvigatel ot kuçi 385 ot kuçidan 456 ot kuçiga oşgan. Agregat 10 bosqiçli AUQ (avtomat uzatmalar qutisi) bilan birga işlaydi. Bunda, uzatmani tanlaşda old paneldagi maxsus tugmalar bosiladi. Kompaniya uning dinamik xususiyati va yoqilği sarfiga doir ma'lumotlarni oşkor qilganiça yöq. 

Maşina salonida 12 dyuym ekranli raqamli uskunalar paneli paydo bölgan. SYNC 3 multimedia tizimining yangi katta ekrani ham örnatiladi. Bu tizim Apple CarPlay va Android Auto ilovalarini qöllab-quvvatlaydi. Bundan taşqari, proyektsion displey, 360 darajali kamera, moslaşuvçan kruiz-nazorat, 30 xil massajli old örindiqlar hamda 20ta ovoz kuçaytirgiçli Revel Ultima audiotizimi.