Amerikaning Lincoln kompaniyasi yangi avlod Navigator yöltanlamasining tizerini namoyiş qildi. Uning jahon taqdimoti Nyu York avtoşousida bölib ötadi. Suratdan aytiş mumkinki, model köp jihatdan Navigator Concept kontseptiga öxşab ketadi. 

Yangi modelning kontsept namunasi Nyu Yorkda 2016 yilda bölib ötgan körgazmada namoyiş etilgan edi. Uning öziga xos jihatlari sifatida çayka quşi qanotlarini yodga soluvçi katta eşiklari böldi. Bundan taşqari, markaziy ustuni olib taşlandi. Örindiqlarini 30 xilda sozlaş mumkin. Kontsept, şuningdek, töliq raqamli uskunalar paneliga ega. Multimedia tizimi yirik sensorli ekran bilan töldirildi. Yukxonasida kiyim-keçak uçun maxsus şkafça ham yoddan kötarilmadi. 

Namoyiş etilgan tizerda aks etganidek, seriyali işlab çiqariluvçi maşina old qafasi kontsept radiator qafasiga öxşaş böladi. Old yoritqiç çiroqlari şakli ham deyarli kontseptnikini takrorlaydi. 

Bundan taşqari, maşinaga örnatiladigan savdo belgisi timsoli yonib turibdi. Hozirça, bu holat tizerga xosmi yoki şu körinişda işlab çiqariladimi, noma'lumligiça qolmoqda. 

Yangi Navigator uçun Ford F-150 platformasi olingan. Bu alyuminli kuzov bilan birga yöltanlamas vaznini sezilarli tuşiradi. Hozirça, unga örnatiladigan asosiy motor 3,5 litrli, ikki turbinali V6 dvigateli bölib turibdi. Biroq, uning ot kuçi 380dan 400ga özgaradi. Yöltanlamasga ön bosqiçli «avtomat» qöyilişi ehtimol tutilmoqda