Özbekiston futbol federatsiyasi Kelişilgan öyinlarga qarşi kuraş bölimi boşliği Ahrol Inoyatov Xalqaro press klubda taşkil etilgan matbuot anjumanida Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayanni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.

Ahrol Inoyatov. Foto: twitter/offside_uz

"Özbekiston terma jamoasining natijalari yaxşi bölib turganida heç kim indamagandi. Natijalar yomonlaşgan zahoti, hamma tanqid qilişga ötdi. Bunaqa qiliş yaramaydi.

Terma jamoani qiyin vaqtlarda qöllab-quvvatlaş kerak. Babayanni ham. U hozir umuman özida emas. Özini yöqotib qöygan. Hattoki qoçib yuribdi. Şunga majbur bölyapti. Stadionlarga kela olmayapti", deya gapirdi Inoyatov.