Şavkat Mirziyoyev Farğona asalariçilik işlab çiqariş öquv markazida böldi.
ÖzA tarqatgan xabarga köra, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan izçil islohotlar bozorlarimizning tökinligini ta'minlaş, aholiga sifatli, arzon va servitamin oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berişga xizmat qilayotir. Asalariçilikni yanada rivojlantiriş, sohadagi ilğor tajribalarni keng ommalaştirişga qaratilayotgan alohida e'tibor yuksak samaralar bermoqda.
Viloyat asalariçilar uyuşmasi qoşida taşkil etilgan mazkur işlab çiqariş öquv markazida barça şaroit yaratilgan. Markazda bir yilda 600 nafar mutaxassis öqitiladi. Zamonaviy öquv reja asosida olimlar tomonidan amaliyot darslari ötiladi.
Şavkat Mirziyoyev markazda amaliyot ötayotgan kollej öquvçilari bilan Farğona asalariçilik tarixi, asalning şifobaxş xususiyatlari, ta'lim jarayonida olib borilayotgan islohotlar haqida suhbatlaşdi.
Farğona tumani texnologiya kasb-hunar kolleji öquvçilari Botirali Mavlonov va Dilnavoz Eşmatova Prezidentimizga yoşlarga yaratib berilayotgan imkoniyat, maktab ta'limi ön bir yillik qilib qayta belgilanişi borasidagi taşabbuslari uçun minnatdorlik bildirdi.
Viloyatda 1000 dan ortiq asalariçilik sub'yekti röyxatga olingan. Içki bozorni arzon, sifatli mahsulot bilan ta'minlaşga qaratilayotgan alohida e'tibor şifobaxş tabiiy ne'mat işlab çiqarişni kengaytirişda muhim omil bölmoqda.
Markazda ilmiy-tekşiruv laboratoriyasi, trening zallari, kutubxona, elektron arxiv bazasi, asalni qayta işlaş va qadoqlaş sexi, tikuvçilik, mum-parda, asbob-uskuna va asalari uyasi işlab çiqariş sexlari faoliyat yuritmoqda. Bundan taşqari, asalariçilikda naslçilik laboratoriyasi, qariyb 2 gektar eksperimental boğ va asal beruvçi ösimliklarni yetiştirişga möljallangan ekin maydoni taşkil etilgan.
Farğona davlat universitetida asalariçilik böyiça mutaxassislar tayyorlaşni yölga qöyiş kerak, dedi davlatimiz rahbari. Agar mazkur sohaning ilmiy asoslarini örgatadigan muassasa taşkil qilinsa, boşqa viloyatlardan ham yoşlar öqişga keladi. Bundan taşqari, xorijiy davlatlar, xususan, AQŞ bilan hamkorlikni yölga qöyiş lozim. Özbekiston – AQŞ qöşma korxonasi taşkil qilinib, ikki mamlakatning yetakçi mutaxassislari doimo tajriba almaşib turişi kerak.
Asalni me'yorida iste'mol qiliş oşqozon-içak kasalliklarining oldini oladi, immunitetni kuçaytiradi. Biologik faol moddalarga boy bu mahsulot insonning qon bosimini me'yorlaştiriş xususiyatiga ham ega. Asalari mumi, yelimi (propolis) va suti ham şifobaxş mahsulot sifatida zamonaviy tibbiyotda keng qöllaniladi. Farmatsevtikada dori-darmon sifatida işlab çiqarilayotgan ari sutida tört turdagi V, Ye vitamini, aminokislotalar mavjud.
40 kişining bandligi ta'minlangan markazda bir yilda 7 ming dona asal uyasi, 7 ming 500 dona yostiqça, 3 ming dona maxsus kiyim va yuz niqobi işlab çiqariladi.
Bir keça kunduzda 200 kilogramm mum-parda tayyorlanadi. 200 tonna asalni qadoqlaş sexi işlab turibdi.
2016 yilda viloyatlarga 20 ming dona, çet davlatlarga 30 ming dona sifatli asalari paketlari yetkazib berildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev asalari uyalari va uskunalari işlab çiqariş sexida olib borilayotgan iş jarayoni bilan tanişdi.
Şu yerda Xalq banki tomonidan viloyatda amalga oşiriladigan loyihalar taqdimoti ham ötkazildi.
Farğona viloyati Qöştepa tumanida taşkil qilinadigan 2 ming boş qoramol boqişga möljallangan çorvaçilik kompleksi va sutni qayta işlaş loyihasi 2018 yilning uçinçi çoragida töla quvvat bilan işga tuşadi. 560 gektar maydonda quriladigan kompleksda 180 kişi iş bilan ta'minlanadi. Yiliga 4 ming tonnadan ortiq sut, 150 tonna göşt, 6000 tonna sut mahsulotlari qayta işlanadi.
“Özbekipaksanoat” uyuşmasi tomonidan Farğona viloyatida 2017-2021 yillarda ipakçilikni rivojlantiriş strategiyasi işlab çiqilgani ma'qullandi.
Pillaçilikni yanada rivojlantiriş uçun tut plantatsiyalarini taşkil qiliş kerak, dedi davlatimiz rahbari. Sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, pillaçilikda aholining doimiy iş bilan ta'minlanişiga erişiş lozimligi alohida qayd etib ötildi.











