Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2016 yil 7 dekabrdagi «Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nişonlaş töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida özbek adabiyotining yirik vakili ijodiy merosini keng örganiş, uning mazmun-mohiyatini yoşlarga yetkaziş borasida keng kölamli işlar amalga oşirildi. Özbekiston böylab Erkin Vohidovning 80 yillik yubileyi keng nişonlandi. Marğilon şahridagi madaniyat va istirohat boğiga Erkin Vohidov nomi berilib, qayta rekonstruksiya qilinmoqda. Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatiga taşrifi doirasida uşbu boğ bilan tanişib, turli körsatmalar berdi, deb xabar berdi ÖzA.

Istirohat boğining maydoni 9 gektardan 16 gektarga yetkazildi. Boğning kiriş qismida yozuvçi-ijodkorlar xiyoboni taşkil etiş, unga Erkin Vohidovning haykalini örnatiş közda tutilgan.

Turli tadbirlar ötkaziladigan amfiteatr, oş markazi va boşqa infratuzilma obektlari barpo etiş belgilangan. Erkin Vohidov nomidagi yoş ijodkorlar maktabi oçiladi. Bundan taşqari, boğda turli attraksionlar örnatilib, bir neça çoyxona aholiga xizmat körsatadi. Istirohat boğiga turli mevali va manzarali daraxtlar, gullar ekiladi.

Şavkat Mirziyoyev qahramon şoir nomi bilan ataladigan uşbu boğ har tomonlama mukammal bölişi, uni yoşlar ma'naviyatini yuksaltiradigan maskanga aylantiriş, xiyobonga Erkin Vohidovning eng sara şe'rlaridan namunalar yozilgan lavhalar örnatiş zarurligini ta'kidladi. Bu yerga keluvçilar Erkin Vohidov şe'rlaridan bahramand bölib, ma'naviy olamini yanada boyitib olsin, dedi davlat rahbari.