Ilon Maskning xayolida nimalar borligini kim biladi? U öz muvaffaqiyatlariga qanday baho beradi? Dunyoni özgartira olişi mumkinligini tuşungaç, u nimalar haqida orzu qilmoqda? U nimadan qörqadi? Ilon Mask — asli janubiy afrikalik işbilarmon SpaceX, Tesla, PayPal, SolarCity, Neuralink va The Boring Company asosçisi bölgan va erişilgan narsalarida aslo töxtab qolmoqçi emas. Uni nima şu marragaça yetkazdi? Quyida INSIDER.PRO tomonidan töplangan, Ilon Maskka tegişli iqtiboslardan ba'zilarini keltirmoqdamiz — ular Maskning inqilobiy tafakkurini röyobga çiqaradi.
Örganiş va mantiq
1. Töğri savollar
«Galaktika böylab yöl-yölakay» kitobi meni qanday savollar beriş töğriligini anglaş neçoğlik murakkab vazifa ekanligi xususida öylanib qolişga majbur qilgan. Mana şu murakkab vazifani uddalasangiz, qolgani xamirdan qil suğurgandek oson bitadi. Men şunday xulosaga keldimki, öşa töğri savollarni topiş uçun inson ongini kengaytiriş va çuqurlaştirişga urinişimiz kerak ekan. Aslida, ma'noga ega bölgan yagona narsa — jamoatçilik ma'rifatiga intilişdir.
2. Voqealar girdobida böliş istagi
Eng zamonaviy texnologiyalar haqida har gal öqiganimda gap AQŞ yoki qöpolroq qilib aytganda, Şimoliy Amerika haqida ketayotgan bölardi. Men ilğor texnologiyalar yaratiladigan göşada hozir bölgim kelardi. Albatta, AQŞ texnosanoatining yuragi — Kremniy vodiysida bölişni orzu qilardim. Garçi öşa paytda bu joy qayerda joylaşganini ham durust bilmasdim, lekin u menga ertaknamo joydek tuyilardi.
3. Ğoyaga mukkasidan ketiş
Uning aytişiça, işqiy uçraşuvimizda undan söragan birinçi narsam «Sen biror marta elektromobillar haqida öylaganmisan?» bölgan ekan. U «Yöq, heç qaçon», deb javob bergan. Ilk uçraşuvimiz ana şunday sovuqqina ötgan. Keyingi paytlarda elektromobillar haqidagi savollar qizğin kutib olinmoqda.
4. Qanday iş bilan maşğul bölişni anglaş
Kollejda öqir ekanman, men şunçaki öyladim: «Qiziq, insoniyatning kelajagiga global darajada nima ta'sir ötkaza oladi? Nimadir menga piçirlab, bu Internet, muqobil energiya manbalari, boşqa sayyoralarni egallaş, genetikaning rivoj topişi va sun'iy idrok bölişini aytib turardi.
Mavzuga oid
5. Internet-inqilobga aloqadorligi
Bu heç ham «O, men mömay daromad topişni istayman», deganim emasdi. Internetga kiriş bilan Yer şarining istalgan nuqtasidan barça ma'lumotlarga yöl oçiladi: bu xuddi asab tizimidagi impulslarga öxşaydi. Insoniyat faol ravişda supertanaga aylanib bormoqda — uni ilgari bölib ötgan biror narsaga tenglaştirib bölmaydi. Men ham şu jarayonning bir qismi bölişni istayman.
6. Tanqidiy fikrlaş va axborot ihotasi
Aksiomalaringiz töğrimi, uni muayyan vaziyatga nisbatan qöllab böladimi, töğri xulosalar çiqarilganmi? Tanqidiy fikrlaşning mohiyati mana şundan iborat — hayratlanarlisi, insonlar köpinça bundan qoçişadi. Menimça, özi istagan narsani haqiqat deya qabul qiliş — inson miyasini tuğma funksiyasi bölsa kerak. Siz hamma narsa sizningça bölişini istaysiz, şu sababli inkor qilinişi mutlaqo mumkin bölmagan axborotni ham inkor etasiz.
7. Öqişdan köra uqiş muhimroq
Köplab bolakaylar maktabda nima qilayotganini tuşunmaydi. Menimça, sizda «nega» va «nima uçun» degan savollarga javob bölsa, insonlarni çoğlantirişni ajoyib tarzda uddalay olasiz. Bu holatda ular maqsadni köra boşlaşadi.
8. Imkoniyatlar çegarasida örganiş
Menga şundoq ham miyam tölib toşib yotgandek tuyiladi. Bir neça vazifalarni birvarakayiga olib borişga töğri keladi, bu holatda ularning har birini ikir-çikirigaça tekşirib turiş kerak. Töğrisini aytganda, aksariyat insonlarda biror narsani örganiş uçun ularga tuyilganidan ança ortiqroq, oxirigaça amalga oşirilmagan qobiliyat mavjud. Ular eng kam qarşilikka uçraş yölini tanlaşadi va alohida ğayrat qilişmaydi. Bitta maslahat: bilimni öziga xos semantik daraxt deb tasavvur etiş muhim — barglar — detallarga ötişdan oldin fundamental prinsiplar, ya'ni, uning tanasi va yirik şoxlari sizga tuşunarli bölsin, aks holda uşlagani heç narsangiz bölmaydi.
9. Haqiqatning ahamiyati
Men doimo haqiqatgaça yetib borişga intilganman. Agar siz qandaydir qaror çiqarmoqçi ekansiz, unda haqiqat, albatta, muhim ahamiyatga ega.
Biznes
10. Foyda keltirişga intiliş
Kompaniya tuzar ekansiz, «Dunyoga qanday foydali narsa yetişmayapti?» degan nuqtai nazardan yondaşgan ma'qul. Pul işlaş uçun şunçaki tadbirkor bölişning özi yetarli emas.
11. Foydaning ahamiyati
Fikrimça, foyda yaxşi çoğlantira oladi, unda prinsipal jihatdan biror notöğri narsa yöq. Aslida foyda sizga qilgan işingiz uçun sarflaganingizdan köproq tölaşayotganini bildiradi. Bu yaxşi.
12. Öz işining ustalari
Yaxşi, mahoratli bir neça insonlar guruhi örtamiyona professionallarning yirik guruhidan har doim bir qadam oldinda böladi.
13. Şaxsiyat ahamiyatga ega
Men yöl qöygan eng katta xato — uni hanuzgaça töğrilaş harkatidaman — insonning iqtidoriga köproq e'tibor berib, şaxsiyatiga loqayd munosabatda bölişdir. Aslida oqköngillik — juda muhim jihat. Çindan ham muhim. Men gap faqat miyada, deya juda köp adaşganman.
14. Raqobatçilar va ularga ajratilişi lozim bölgan e'tibor
Biz köpinça eng yaxşi mahsulotlarni işlab çiqarişga mukkasidan ketib, raqobatçilarimiz nima bilan maşğulligini unutamiz. Marafon masofasiga yuguriş çoğida boşqa yuguruvçilar haqida qayğurib ötirmaslik, şunçaki, yugurişda davom etaveriş kerak.
15. Özgarişlar va muvaffaqiyatsizliklarni idrok qiliş
Universal sxemalar yöq. Xatoga qaçon va qanday yöl qöyişingizni oldindan aytib bölmaydi. Xatolar ham ölim hukmi emas.
16. Fikrlarning ahamiyati
Doimo tanqidni qabul qiling, ayniqsa, döstlaringizning tanqidlarini. Çunki ular odatda bu borada öylayotgan narsasini doim ham oşkor etaverişmaydi.
17. Brendlarni idrok etiş
Brend — sifat haqidagi tasavvur bölib, vaqt ötişi bilan u voqelikka moslaşa boradi. Ba'zan köproq, ba'zida kamroq. Biroq, brend — mahsulotdan jamoaviy taassurot degani.
18. Muvaffaqiyat kaliti
Biror narsadan boşlang, şundan söng, öz taxminlaringizni şubha ostiga oliş, xatolarni töğrilaş va voqelikka moslaşişga tayyor böling.
Innovatsiya, texnologiyalar, kelajak
19. Texnologiyalar ravnaq topişi kerak
Innovatsiyalar gullab-yaşnaydigan muhit yaratiş juda muhim, biroq ularga darvin ruhiyatida rivojlaniş uçun imkon beriş yanada muhimroq. Dov yuqori bölganida intuitsiyaga tayanib, biror bir texnologiyani tanlaş, aynan u ğolib böladi, deya ta'kidlaş yaramaydi — çunki bunday bölmasligining ham ehtimoli bor. Siz texnologiyalarning tabiiy yöl bilan evolyutsiyaga erişişiga qöyib berişingiz lozim.
20. Vayronkor oqibatlar
Faoliyatingiz vayron qiluvçi oqibatlarga olib kelmasmikan, deb öylaş ham muhim. Agar gap unçalik ahamiyatli narsa haqida bormayotgan bölsa, oqibatlari ham jiddiy bölmaydi. Vayron qiluvçi özgarişlarga va qandaydir inqilobiy narsa sabab bölişi mumkin, xolos.
21. Kelajakdagi sun'iy idrok
Sun'iy idrok texnologiyalari keyingi 20 yil içida aql bovar qilmas rivojlanişga ega böladi. U allaqaçon katta qadamlar bilan odimlamoqda. Biror narsani oldindan aytiş qiyin — istiqbol nuqtai nazaridan bu bir maromdagi jarayondek tuyuladi. Aslida, unday emas. Menimça, sun'iy idrok rivojlanişi haqiqatan ham tezlaşgan.
22. Unikal ixtirolar
Neyron törini yaratiş — çindan ham insoniyat uçun juda muhim narsa. Bu bizga maşinalar bilan hamohang yaşaş imkonini beradi.
23. Biz — kiborglarmiz
Biz allaqaçon kiborgga aylanib ulgurganmiz. Biz tarmoqda özimizning raqamli versiyamizni yaratamiz: ular bizning elektron xatlarimiz, ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarimiz va butun onlayn faoliyatimiz şaklini olişgan. Bizning superkuçimiz kompyuter va telefon ilovalarida yaşirin. Hozir oddiy insonda 20 yil avvalgi AQŞ prezidentidan köra köproq hokimiyat bor. Har qanday savolga javob beriş, istalgan kişi bilan videokonferensiya ötkaziş, millionlab insonlarga bir vaqtning özida xabar jönatiş mumkin. Mö'jiza yaratiş mumkin.
24. Haydovçisiz transport
Özini özi boşqariş tizimi insonlarga nisbatan maşinani yaxşiroq boşqaradi. Bir kilometr masofaga nisbatan avtohalokatlar soni olinsa — ularning soni kamoq böladi. Fikrimça, haydovçisiz transportga töliq ötiş uçun uç yildan köp vaqt talab etilmaydi. Rul va pedallarga ega avtomobil yaqin kelajakda ot-ulovdek qabul qilina boşlaydi — unda sayr qiliş kundalik voqelik emas, romantika böladi.
25. Tunnellarining ahamiyati
Şaharlarning asosiy muammosi şundaki, biz ularning 3D formatda barpo etamiz. Hamma joyda baland-baland binolar, ularning içida esa köplab insonlar joylaşgan — bir vaqtning özida, yöllarimiz esa 2D formatda qurilgan. Bu — boşi berk köça. Bundan qutilişning yöli — tunellar quriş, ular 3D formatga ötişda yordam beradi. Bir-biri bilan kesişuvçi butun bir tunellar tarmoğini yaratiş mumkin — ular orasida biroz vertikal masofa uşlansa bas. Şaharlarda avtomobil tirbandligi muammosidan ham şu tarzda qutiliş mumkin.
26. Yer va Marsning orbital sinxronizatsiyasi
Marsga ikki yilda bir marta yöl oliş mumkin, çunki Yer va Mars orbitalarining sinxronizatsiyasi aynan şunça davr oraliğida röy beradi. Biroq men buni sivilizatsiya rivojlanişining qiziqarli yöli, deb bilaman. Insonlar bir birlari bilan uçraşib, boşqa sayyoralarga sayohat haqida muhokama qilişadi.
27. Reallikni modellaştiriş
Umid qilamanki, inson — raqamli super idrok solib qöyiş mumkin bölgan biokonteyner emas. Taassufki, hali şunday qiliş ham mumkin böladi.
28. Tsivilizatsiyalarning texnologik tanazzuli
Aksariyat insonlar texnologiyalar avtomatik mukammallaşmasligini tuşunmaydi. Bu beqiyos mehnat va injyenerlik iqtidorini sarflaş tufayli yuz beradi. Tarixda sivilizatsiyalar ma'lum bir texnologik darajaga yetişib, yana avvalgi darajasigaça tuşiş hollari köp yuz bergan. Bu holda keyingi tiklaniş jarayonlari uçun ming yillab sarflangan.
29. Texnolgiyalar sohasida şiddatli ösiş
Texnosanoatda kimdir inqilobiy ixtiro qilsa, bu aslo oddiy narsa emas. Köpinça bu jiddiy innovatsiyalarga olib boruvçi bir neça jarayonlarning umumlaşmasi böladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi