American Airlines Qatar Airways’ning Amerika kompaniyasining 16,7 mln aksiyasini fond bozorida 808 mln dollarga sotib oliş böyiça rejalariga salbiy munosabatda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasiga American Airlines rahbari Dag Parker xabar berdi.

Uning ma'lum qilişiça, Qatar aviataşuvçisi şunday katta uluşni qölga kiritişi mumkinligidan “baxtli emas”. Parkerning baholaşiça, Qatar Airways rahbari Akbar al-Bakirning yondaşuvi “ğalati va tuşunarsiz”. Uning ta'kidlaşiça, al-Bakirga öz pozitsiyasini aniq yetkazgan.

Avvalroq American Airlines Qatar Airways uşbu aviakompaniyada 4,75 foizlik uluşni xarid qiliş, hamda uni ijobiy holat davom etadigan bölsa 10 foizga qadar oşiriş niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Qatar aviataşuvçisi bunday qadamni “yaxşi sarmoyaviy imkoniyat” deb atadi hamda American Airlines direktorlar kengaşida ovoz beriş huquqini qölga kiritişda “passiv pozitsiyaga rioya etişi” haqida va'da bergan.

WSJ’ning aniqlik kiritişiça, AQŞ qonunlari xorijiy xususiy korxonalarga Amerikaning istalgan aviakompaniyasida 49 foizgaça aksiyalarga egalik qilişga ruxsat beradi, biroq, ovoz beriş huquqi taqdim etiladigan bölsa, bunday ruxsat faqatgina 25 foiz aksiyalargaça beriladi. 

Ötgan haftada Akbar al-Bakir AQŞ prezidenti Donald Trampga ayblov bilan çiqqandi. Uning aytişiça, Tramp Qatarning yonini olmagan va şu tariqa qöşni davlatlar tomonidan amirlik havo hududi “qamali” davom ettirilişiga zamin yaratgan. Kompaniya rahbari fuqarolik aviatsiyasi xalqaro taşkilotiga şikoyat bilan çiqiş niyatida ekanini ham ma'lum qilgandi.