Road & Track naşri ixtiyoriga Aston Martin va Red Bull’ning birgalikda yaratgan giperkari — Valkyrie’ga oid texnik xarakteristikalar kelib tuşdi. Xususan, «Valkiriya» motorining quvvati körsatkiçi — ot kuçlari soni uning massasini bildiruvçi kilogrammlar sonidan ortiqroq bölişi ma'lum böldi.
Model gibrid qurilmaga ega böladi. Uning tarkibiga ming ot kuçiga ega, Cosworth tomonidan işlab çiqilgan 6,5 litr hajmdagi V12 motori, Formula-1 avtomobillardagi singari energiyani qayta kuperatsiya qiliş tizimi kiradi. Ular jami quvvatni yana 130 ot kuçiga oşiradi.
Biroq karbon monokokli, kömirplastikli şassi bazasida qurilgan avtomobilning massasi 1030 kilogramm böladi, xolos. Şunday qilib, avtomobilning har kilogrammiga bir ot kuçidan ham ziyodroq quvvat töğri keladi. Taqqoslaş uçun: 1500 ot kuçi quvvatiga ega dvigatel bilan jihozlangan Bugatti Chiron giperkari 1995 kg massaga ega.
Aston Martin Valkyrie noldan 320 km/soat tezlikka 10 soniya içida erişa oladi. Bu tezlikdan yana butunlay töxtaş uçun 5 soniya kifoya qiladi.
Umumiy foydalaniş yöllari uçun möljallangan namunadan taşqari «Valkiriya»ning yaxşilangan aerodinamikaga ega trek varianti ham işlab çiqiladi. Aston Martin’dagilarning fikriça, bunday modifikatsiya Silverstounda LMP1 toifasidagi poyga maşinalari bilan bahslaşadi (WEC çempionatidagi oliy toifa)
Jami bölib maşinaning 150 dona oddiy yölga möljallangan va 25 dona trek varianti işlab çiqariladi. Fuqarolar uçun möljallangan barça maşinalar 2016 yildayoq har biri 3 million dollardan kam bölmagan summaga sotib bölingan.
Xaridorlar ilk giperkarlarni 2019 yilda qölga kiritişadi. (3 million dollarni oldindan tölab qöyib, 3 yil kutiş — avtosalonlarimiz buni öqib qolişmasin tağin :-)












