Xitoyda köçki yuz berişi oqibatida vayronalar ostida 100 dan köproq odam qolib ketdi. Bu haqda China News tvitterda ma'lum qildi. 

Xabarda aytilişiça, köçki Siçuan viloyatidagi Maosyan uyezdida sodir bölgan. Voqea joyiga qutqaruvçilar yuborilgan. Ma'lum qilinişiça, köçki ostida 40 dan köproq uy qolib ketgan.

Xitoyning People's Daily Online portali ma'lumotlariga köra, köçki Ngava-Tibet-Tsyan muxtor okrugidagi toğdan köçgan va Ksinmo qişloğidagi 2 km lik hududni bosib qolgan. Ma'lumotlarga köra, köçki mahalliy vaqt bilan 24 iyun soat 06:00da sodir bölgan.

CCTV telekanalining ma'lum qilişiça, tabiiy ofat kuçli yomğirlar sababli sodir bölgan.