Derek kamera qarshisida katta soyabon ostida turib so‘zlayotganda birdaniga kuchli shamol kelib, uni soyaboni bilan chetga surib ketgan. Derek kutilmaganda kelgan shamolni yengib, sanoqli soniyalarda yana kamera qarshisiga qaytgan. U teskarisiga ochilib qolgan soyabonni to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘lolmay, uni apil-tapil yig‘ishtirishga tushgan. Oxir-oqibat soyabon yaroqsiz holga kelgan.
TV3 kanalidagi ertalabki teleko‘rsatuv boshlovchilari hamkasblarining bunday "parvozi"dan kulgilarini tiya olmaganlar.











