Sönggi dam oliş kunlari Ilon Maskning «Tvitter»dagi faolligi juda kuçaydi. Injyener, milliarder, filantrop va şunçaki daho öz obunaçilarining savollariga javob qaytarar ekan, özining SpaceX kompaniyasini qaysi yönalişda rivojlantirişni istaşini ham muhokama qildi, deb yozadi Hi-News.ru.
Mask Falcon 9 raketalarining qay tarzda modernizatsiya qilingani haqidagi savollarga ham javob berdi. Gap birinçi poğonani qöndirişda foydalaniladigan panjarali rullar haqida bordi. Alyuminiydan tayyorlangan rullar titanlisiga almaştirildi. Ular raketani birmunça oğirlaştiradi, biroq qönişda poğonaning yuqori haroratiga çidamliroq qiladi va undan köproq foydalaniş imkoniyatini yaratdi.
Ikkinçi bor muvaffaqiyatli uçiriş va qöndirişdan söng (dam oliş kunlari ikki bor raketa uçirib-qöndirildi) Mask yangi panjarali rullar kutilganidan ham yaxşiroq işlagani va ulardan «amalda xizmat körsatişlarsiz çeksiz foydalaniş mumkin»ligini ta'kidlab ötdi. Bu esa, birinçi navbatda, qayta parvozlarni taşkillaştirişda vaqtinçalik xarajatlar miqdorini jiddiy tarzda kamayişiga olib keladi. Maskning ta'kidlaşiça, kompaniyasining maqsadi — 24 soat içida raketalarni qayta uçirişga tayyorlaş imkoniyatiga ega böliş darajasiga yetişiş.
SpaceX rahbari Marsni özlaştiriş böyiça rejalarni amalga oşirişdagi eng muhim jihatlaridan biri u yerga insonlarni jönatiş xarajatlari ekanligini qayd etgan. Yaqinda New Space naşriga bergan intervyusida Ilon Mask Marsni «özlaştiriş» masalalarida narx siyosatining asosiy omillariga aniqlik kiritib olganini aytib ötgan edi.
«Toki bir kişi uçun çipta narxi 10 milliard dollar bölib turar ekan, siz barqaror va töliq özini-özi ta'minlovçi sivilizatsiyani qura olmaysiz», — degan Ilon.
Maskning fikriça, bir kişidan çipta uçun olinadigan qiymat 200 ming dollardan oşmasligi kerak, bu esa AQŞdagi oddiy bir uyning narxiga teng.
Raketalarni modernizatsiya qiliş va ularning umrini uzaytiriş ham iqtisodiy samaradorlikni oşirişga xizmat qiladi. Bu holatda uçirişlar orasida raketa eltuvçilarni tayyorlaşga kamroq vaqt sarflanadi, işlatilgan raketalarga xizmat körsatuvçi jamoalarni esa qisqartiriş mumkin. SpaceX raketlarining qançalik köproq yerga qaytariş mumkin bölsa, uçirişlarning bahosi ham, ularga çiptalar ham şunçalik arzon bölaveradi.
SpaceX’da raketa taşuvçilarni ekspluatatsiya qiliş xarajatlarini kamaytirişga yönaltirilgan yana qança ğoya zaxira qilinganini aytiş qiyin, biroq hozirdan körinib turibdiki, kompaniya kosmik uçirişlarni ötkaziş usuli va siyosatida çinakam inqilobiy özgarişlar joriy etmoqda, va şubha yöqki, kelajakda ham bu iş bilan şuğullanişda davom etadi.












