Hindiston hukumati oxirgi yillarda katta qarzga botgan Air India aviakompaniyasini xususiylaştirişga ruxsat berdi.

Hindiston moliya vaziri Arun Jyeytlining ma'lum qilişiça, Hindiston hukumati aviakompaniyaning töliq yoki qisman sotilişini ma'qullagan. Endi kompaniyaning qanday uluşini va qanday şartlarda sotiş masalasiga aniqlik kiritib oliş kerak.

Hukumat Air India’ni köp yillar davomida xususiylaştirişga harakat qilib kelgan, biroq içki muxolifat qarşiligiga va xususiy sarmoyaçilar tomondan qiziqiş yöqligiga duç kelgan.

Aviakompaniya 2007 yildan beri ziyon körib keladi va ayni vaqtda uning qarzlari 7 mlrd dollardan oşib ketgan. Oxirgi 6 yil içida Hindiston byudjyetidan aviakompaniyani qöllab-quvvatlaş uçun 3,6 mlrd dollar ajratilgan. Uning Hindiston bozoridagi uluşi 2007 yildagi 35 foizdan 2017 yildagi 14 foizgaça tuşib ketgan.