Eron yadroviy dasturi böyiça 6 ta davlat bilan 2015 yil iyulda tuzgan bitimi doirasida öz zimmasiga olgan barça majburiyatlarni bajarmoqda. Bu haqda 29 iyunda BMT boş kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Jyeffri Feltman BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişida aytdi.

Feltman Eron yadroviy dasturi böyiça bitimni qöllab-quvvatlovçi 2231-sonli rezolyutsiya – Harakatlar qöşma rejasining bajarilişiga bağişlangan hisobotni taqdim qildi.

Feltman Atom energiyasi xalqaro agentligi bitimning amalga oşirilişiga bağişlangan 7 ta hisobotidan har birida Eron tomondan öz zimmasiga olingan majburiyatlarning bajaralişini qayd qilgan.

"Boş kotib bitim bajarilmasligi böyiça birorta xabar olmagan. Bundan taşqari, u Eronga rezolyutsiya buzilgan holda yadroviy material yetkazib berilgani yoki sotilgani bilan boğliq birorta ma'lumot olmagan", deb aytgan Feltman.

Feltman bitimning amalga oşirilişi Eron uçun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilişga imkoniyat berişini hamda uning iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir körsatişini aytgan.

Biroq şu bilan birga Feltman öz hisobotida Tehronning oltita davlatda xavotir uyğotayotgan ba'zi qadamlarini sanab ötdi. Bu birinçi navbatda Eronning raketa uçirişlariga tegişli, AQŞ va uning ittifoqdoşlari ularni bitim ruhiyatiga zid deb hisoblaydilar. Bundan taşqari, Feltman OAVning eronlik general Qosim Sulaymoniyning xorijga safar uyuştirayotgani haqidagi xabarlariga e'tibor qaratgan, çunki Sulaymoniy BMT Xavfsizlik kengaşining sanksiyalar röyxatiga kiritilgan va Eronni tark etiş huquqiga ega emas.