Xalqaro Press-klubning 28 iyun kuni bölib ötgan navbatdagi sessiyasi tabiiy resurslarni asraş, tejaş, kommunal tölovlar madaniyati kabi mavzularga bağişlandi. Sessiyada Majburiy ijro byurosi direktori B.B.Qudratxöjayev, MIB direktorining birinçi örinbosari J.A.Aripov, Toşkent şahar boş imom xatibi A.Tursunov va qator ekspertlar iştirok etişdi.
"Kun.uz" muxbirining xabar berişiça, tadbir davomida jurnalistlar gaz yoki elektr energiyasini öçirişdan avval ogohlantiriş işlari qanday olib borilişi töğrisida savol berişdi. Şuningdek, ularni yana bir masala – ya'ni aholining yordamga muhtoj qatlamiga qanday imtiyoz yoki imkoniyatlar berilişi ham qiziqtirdi.
Yuqoridagi savollarga Boş prokuratura boşqarma boşliği Bekzod Mavlonov quyidagiça javob berdi:
“Elektr energiyasi va gazdan foydalangan iste'molçilar ötgan oy uçun barça xarajatlarni tölaşga majbur. Har oyning 11 sanasidan boşlab, byuro xodimlarida qarzdorlar röyxati mavjud böladi. Albatta, öz vaqtida tölanmasa, avval iste'molçiga ogohlantiriş xati yuboriladi. Aholiga beş kun içida tölovlarni tölaş uçun imkoniyat beriladi. Bu muddat qonunçilikda ham belgilangan”.

Şuningdek, Bekzod Mavlonov kam ta'minlangan, imkoniyati çeklangan oilalar, yordamga muhtoj, yolğiz oilalarning ham şart-şaroiti inobatga olinişi, ularga nisbatan birdan “uziş” çoralari körilmasligi va qarzni tölaşda yordam berilişini qayd etdi.
“Bu masalada jamoatçilik, mahalla institutlari hamjihatlikda işlaşi va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam beriş çoralarini körişi juda muhimdir”, - deya ta'kidladi Boş prokuratura boşqarma boşliği.













