Bugun, 30 iyun kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirokida «Kamolot» YoIH (Yoşlar ijtimoiy harakati) qurultoyi boşlandi.

«Kun.uz»ga qurultoy iştirokçilarining ma'lumot berişiça, taşkilot tugatilgan - nomi özgartirilgan va «Kamolot» YoIH örnida Özbekiston Yoşlar ittifoqi taşkil etilgan.

Ma'lum qilinişiça, yiğiliş tanqidiy ruhda ötdi. Hozirgi kunda «Kamolot» YoIHga nisbatan yoşlarning işonçi sönib borayotgani ta'kidlangan. Prezident zalga yiğilgan yoşlar bilan suhbat qurar ekan, taşkilot nomini va faoliyatini tubdan özgartiriş vaqti kelganini aytgan.

Şu munosabat bilan «Kamolot» YoIH nodavlat-notijorat taşkiloti faoliyati tugatilib, uning örnida Özbekiston yoşlar ittifoqi davlat taşkiloti tuzilgani e'lon qilingan.

Şu yil aprel oyi boşida «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatiga Odiljon Fotihjonoviç Tojiyev rais etib tayinlangan, köp vaqt ötmay Sarvar Ğaniyeviç Aşurov unga birinçi örinbosar bölgandi. Yangilangan taşkilotda ularning lavozimi saqlanib qolgan-qolmagani hozirça ma'lum emas.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 1991-1996 yillarda ham Özbekiston Yoşlar ittifoqi nomidagi taşkilot faoliyat yuritgandi (Özbekiston hali Sobiq ittifoq tarkibida bölganida tuzilgan, komsomol örnida - tahr).

1996 yil aprel oyida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov farmoni bilan «Kamolot» jamğarmasi tuzilgan. Uşbu jamğarma 2001 yilda yoşlar ijtimoiy harakatiga aylantirilgandi.

Xalqaro press-klubda 1 iyul kuni bu boradagi özgarişlar haqida batafsil ma'lumotlar berilişi kutilmoqda.