Bugun, 30 iyun kuni Lionel Messi Argentinada Antonella Rokkutstso bilan turmuş quradi. Yilning eng şov-şuvli töyi bölişi kutilayotgan bu marosimga yuzlab mehmonlar taşrif buyurişi kutilmoqda.  Nikoh oqşomi Rosariodagi şahar markazi majmuasida bölib ötadi. 

Juftlik 5 yoşidan beri bir-birini taniydi. Antonella va Messining Tyago va Mateo ismli farzandlari bor. 

Töyga taklif qilinganlar orasida Messining hozirgi va sobiq jamoadoşlari - Neymar, Luis Suares, Fabregas, Dani Alves kabi taniqli futbol yulduzlari ham mavjud. Marosim mehmonlari orasida «Real»ning sobiq yulduzi, argentinalik futbolçi Anxel Di Mariyani ham uçratiş mumkin.

Bundan avvalgi xabarlarda u «Barselona»ning sobiq murabbiyi Luis Enrike, jamoa rahbari Bartomeu hamda Argentina terma jamoasining sobiq yulduzi va murabbiyi Diyego Armando Maradonani nikoh marosimiga aytmagani aytilgandi.