Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi yangi mikrofirmalar 10 yilga yagona soliq to‘lovidan ozod etildi
Hozirda hududlarda ishbilarmonlik muhiti hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning shu kuniga qadar ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida 3 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, 20 dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Farmoni va qarorlari hamda 25 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.02.2017 yildagi “Tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2017 yilda faqat "yagona darcha" markazlari orqali ko‘rsatiladigan qo‘shimcha davlat xizmatlari soni 18 taga ko‘payib, ularning sonin 2018-2020 yillarda bosqichma-bosqich joriy etish orqali yana 68 tagacha ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur qarorga muvofiq, ruxsatnoma va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni "Lisenziya" axborot tizimlari kompleksi doirasida olish imkoniyatini yaratiladi. "Yagona darcha" markazlari orqali qog‘oz shaklida beriladigan maxsus blankalardagi ruxsatnoma va litsenziyalarni majburiy rasmiylashtirish talabi esa 2018 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinadi.
Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni yanada kuchaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar 2017 yilning 1-choragida 13,6 mingta yangi kichik biznes sub'yektini tashkil etish imkonini berdi. Bu ko‘rsatkich 2016 yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘pdir.
Natijada 2017 yilning 1-choragida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 44,9 foizgacha (2016 yilning shu davrida 43,1 foiz bo‘lgan), sanoatda 41,6 foizgacha (37,3 foiz) va bandlikda 77,7 foizgacha (77,4 foiz) oshdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.01.2017 yildagi PQ-2731-sonli Qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Shumanay, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy tumanlari hamda Xorazm viloyatining Yangiariq va Qo‘shko‘pir tumanlarida yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar 2027 yilning 1 yanvariga qadar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod qilindi.
Respublikamizning qolgan tumanlarida bu jarayon 2022 yilning 1 yanvariga qadar davom etadi.
Shuningdek, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektrotexnika mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar 2017 yilning 1 aprelidan 2022 yilning 1 yanvarigacha mulk va yer soliqlari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yo‘l jamg‘armasining majburiy ajratmalaridan ozod etiladi.
Mavzuga oid
10:48 / 08.11.2024
Mikrofirmalar uchun qat’iy belgilangan aylanmadan soliq stavkasi bekor qilinishi mumkin
07:50 / 06.04.2024
Qaysi hududda kichik korxona va mikrofirmalar soni ko‘p ekani ma’lum qilindi
09:01 / 20.02.2024
Mikrofirmalar va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi
13:49 / 14.09.2020