O‘zbekiston | 09:01 / 20.02.2024
6432
1 daqiqa o‘qiladi

Mikrofirmalar va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi

Prezidentning «2024 yilda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yaratilgan har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan JShODSning 50 foizi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 barobaridan (680 000 so‘m) oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi.

Bundan tashqari, ushbu ish beruvchilarga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llanadi.

Soliq imtiyozlarini qo‘llashning majburiy shartlari:

  • «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilish;
  • ushbu fuqarolarga har oy uchun MHTEKMning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan (1 050 000 so‘m) ish haqi hisoblash.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid