Marhum musiqaçi Maykl Jyeksonning otasi, 88 yoşni töldirgan Jo Jyekson Las-Vegasda avtohalokatga uçrab, şifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Assoşieyted Press agentligi.

Agentlikning tarqatgan ma'lumotlariga köra, Jo Jyekson mingan avtomobil boşqasiga borib urilganida u yölovçi örindiğida bölgan. Politsiyaining sözlariga köra, narigi avtomobil yöl harakat qoidalarini buzgan.

2009 yil 25 iyunda yuragining tösatdan urmay qolişi 50 yoşli Maykl Jyeksonning ölimiga sabab bölgan edi. U Londonda beriladigan 50 ta konsertdan iborat seriyaga tayyorgarlik köriş doirasida kuçli ta'sir etuvçi preparatlarni haddan ziyod iste'mol qilib yuborganligi tufayli vafot etgan. Oradan ikki oydan ham ziyod vaqt ötgaç — 3 sentabrda artist Los-Anjyelesda dafn etilgan edi.