AQŞning Alyaskasida örmon böylab sayr vaqtida 11 yoşli Elliot Klark katta yoşli qarindoşlarini ayiq hamlasidan qutqarib qoldi.
Associated Press axborot agentligining ştat politsiyasiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, bolakay örmonda otasi, amakisi va amakasining öğli bilan birga ketayotganda ular tomon ayiq yugurib çiqib, uning amakisiga hamla qilib qolgan.
Bolakay özini yöqotib qöymay, tezkorlik bilan harakat qilib, ayiqni nişonga olgan. U qölidagi miltiqdan ayiqqa qarata bir neçta öq uzgan: u avval nişondan adaşgan, biroq keyin ayiq yelkasi va burnini poylay olgan.

Bola otasining aytişiça, ularni öğli miltiqni yelkasida emas, qölida olib ketayotgani qutqarib qolgan. Çunki bolaning amakisida ham miltiq bölgan, biroq u miltiqni yelkasida olib yurgan va oqibatda özini himoyalaş uçun uni yelkasidan olişga ulgurolmay qolgan.












