DW xabariga köra, sud qarori 1-noyabr, yakşanba kuni çiqarilgan. Sud AQŞ Adliya vazirligida bunday daʼvo kiritiş uçun zarur huquqiy asoslar bölmagan, degan xulosaga kelgan.
Saylovda amaldagi senator Den Sallivan bilan birga nafaqadagi öqituvçi Deniel J. Sallivan-kiçik ham qatnaşmoqda. Tramp maʼmuriyati familiyadoş nomzodning iştiroki saylovçilarni çalğitişi va ovoz beriş natijasiga taʼsir körsatişi mumkinligini bildirgan.
Adliya vazirligi Demokratik partiya nomzodi Meri Peltola ğalaba qozongan taqdirda saylov natijalarini rasman tasdiqlamaslikni talab qilgan. Şuningdek, ikkinçi Sallivanga ovoz bergan saylovçilar aslida amaldagi senatorni qöllab-quvvatlaşni niyat qilgan-qilmaganini aniqlaşni söragan.
Federal sudya Şeron Glison 20 sahifalik qarorida AQŞ hukumati bunday tekşiruvni ovoz beriş sirini buzmasdan ötkazişning amaliy mexanizmini taqdim etmaganini qayd etgan.
Sud jarayoniga The New York Times naşridagi maqola turtki bölgan. Unda Peltola bilan aloqador siyosiy maslahatçilar senatorga familiyadoş nomzodni saylovga jalb qilişda iştirok etgan bölişi mumkinligi aytilgan.
Peltola bu ayblovlarni rad etgan. Reuters agentligi esa gazeta keltirgan maʼlumotlarni mustaqil ravişda tasdiqlay olmaganini bildirgan.
Sud qaroridan söng AQŞ Adliya vazirligi apellyatsiya şikoyati beriş niyatini maʼlum qilgan. Tramp esa özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida «soxta Deniel J. Sallivan-kiçik ğoyib böldi», deb yozib, siyosiy raqiblarini yana tanqid qilgan.
AQŞ Kongressining Vakillar palatasi va Senatiga oraliq saylovlar 3-noyabr kuni bölib ötadi. Alyaskadagi saylov poygasi Senat ustidan nazorat uçun kuraşda muhim ahamiyatga ega yönalişlardan biri hisoblanadi.












