Rossiyaning Kislovodsk hududida, bahavo va mineral manbalarga boy maskanda vatanning bir qismi — “Özbekiston” sanatoriysi joylaşgan. Bu soğlomlaştiriş maskanini tom ma'noda xorijdagi mitti Özbekiston, deb ataş mumkin.
Hozirgi kunda bu yerda Özbekistonning turli hududlaridan kelgan 200 nafarga yaqin kişi öz salomatligini tiklayapti. Bu yerga odatda turli kasb egalari, turli yoş vakillari kelişadi.
Yaqinda sanatoriy ma'muriyati bu yerda Ramazon hayiti munosabati bilan bayram tadbiri uyuştirdi. Dasturxonga özbek milliy taomlari — palov, lağmon, böğirsoq tortildi.
Bayram tadbirida Özbekistonda xizmat körsatgan artist, sohir ovoz sohibi Xojiakbar Hamidov iştirokida xayriya konserti taşkil etilgani, ayniqsa, bayramga özgaça şukuh bağişladi. Xofizning “Munojot”, “Muhabbat”, “Umr ötmoqda” singari ölmas qöşiqlari yangradi. Toşkentdan keltirilgan tor va doirada, jonli ovozda ijro etilgan kuy-qöşiqlar bir muddatga hordiq çiqaruvçilarning ona Vatan soğinçini bosdi. Ayniqsa, sanatoriyning katta yoş vakillari konsertni maroq bilan tinglaşdi.

“Özbekiston” sanatoriysi 1932 yilda taşkil etilgan bölib, tibbiy minerallarga boy Kislovodsk şahrida joylaşgan 44 ta sanatoriy orasida eng yaxşilaridan biri sanaladi. U yurak-qon tomir, nafas organlari, asab tizimidagi kasalliklarni davolaşga ixtisoslaşgan.
Ş. SULTONOV,
mehnat faxriysi







