APLda şanba kungi dasturni mavsum omadsizlari – «Tottenhem» va «Aston Villa» örtasidagi uçraşuv boşlab berdi. «Şporlar»dagi inqiroz çuqurroq ekani maʼlum böldi va birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda mehmonlar hisobni oçişdi. Mezbonlar himoyaçisi Robertson töp maydon taşqarisiga çiqib ketmasligi uçun harakat qildi, ammo töp mehmonlar sardori Makginnga nasib qildi, u boşlab bergan hujum davomida Kamaraning zarbasi öxşamadi, ammo töp Manzambining oyoğiga kelib tuşdi. Şveysariya milliy jamoasi safida JÇda porlagan uşbu yoş yarimhimoyaçi yangi jamoasidagi debyutini gol bilan nişonladi.
Roberto De Dzerbi şogirdlari esa APLdagi ilk golini urişga ham qiynalişdi. Ikkinçi bölimda Quddus darvozani işğol etgandi, ammo videotakrordan keyin hujumning boşlanğiç fazasida Robertson ofsaydda qolib ketgani maʼlum böldi. Bir neça daqiqa ötib esa Unai Emeri jamoasi hisobdagi farqni oşirdi. Şu kuni ajoyib ötkazgan Jekson Sudzuki jarima maydonidan yetkazib bergan töpni öziga böysundirdi va Manzambi bilan devor uslubida öynab, hujum yakunida himoyaçini çiroyli tarzda aldab ötdi va töpni burçakka yönaltirdi.
80-daqiqada – Buendiyaning zarbasidan keyin töp darvoza töqqizligiga borib tuşganida – mezbon jamoa fanatlari tribunalarni tark etişga kirişdi. Stadionni barvaqt tark etganlar esa Gallaherning goli va De Dzerbining kinoyali jilmayişini köra olişmadi. Londonliklar nihoyat APLda gollar hisobini oçişdi, öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa van Hekke yana bir bor «Aston Villa» darvozasini işğol etdi. Ammo mezbonlarda uçinçi golga vaqt qolmadi, mehmonlar esa mavsumdagi ilk ğalabasini qölga kiritdi.
Braytonda heç qanday raqibga oson bölmaydi, hatto «Arsenal»ga ham. Fabian Hyurselar şogirdlari bu tur arafasida APLning eng köp gol urgan (13) jamoasi bölib turgandi va amaldagi çempionlarga qarşi ham ilk daqiqalardan hujumkor öyin körsatdi. Birinçi bölimning birinçi yarmida mezbonlar şu qadar kuçli pressing uyuştirdiki, mehmonlar deyarli hujumga çiqa olmadi. Öyinning 20-daqiqalaridan keyingina Arteta şogirdlari taşabbusni qölga olişdi va vaziyatlar yarata boşladi. Ammo kutilmaganda Paskal Grossning jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasidan gol ötkazib yuborildi. 35 yoşli uşbu yarimhimoyaçi hozirda juda yuqori sport formasini (beş turda 4 gol va 3 golli pas) namoyiş etmoqda.
Birinçi bölim oxirida esa «kanonirlar» hisobni tenglaştiriş uçun juda yaxşi imkoniyatga ega bölişgandi, ammo Sakaning zarbasini darvozabon qaytardi va tezda uyuştirilgan qarşi hujumda mezbonlar ikkinçi golni ham urişdi, bu safar ham David Rayya Kostulasning jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasini ötkazib yubordi. Şu kuni 125-yillik yubileyi munosabati bilan yangiça formada maydonga çiqqan «çaykalar» amalda birinçi bölimdayoq öyin taqdirini hal qilişdi.
Sönggi 20 kun içida beşinçi marta safarda maydonga tuşgan londonliklarda çarçoq sezildi va jamoa ikkinçi bölimda vaziyatni özgartira olmadi. Aksinça, «Brayton» burçak zarbasidan uçinçi golni urdi va hisobni şarmandali holatga keltirdi. «Arsenal» ilk 2025-yil avgustidan buyon ilk bor gol urmasdan yutqazdi. Şuningdek, bu «Arsenal» uçun 2023-yil mayidan buyon ilk 0:3 hisobida yutqazişi böldi – öşanda ham raqib «Brayton» edi.
Bu mağlubiyatdan keyin Arteta şogirdlari katta ehtimol bilan xalqaro tanaffusga turnir jadvali peşqadami sifatida yöl olmaydigan böldi. Yirik mağlubiyatdan keyin jamoa avtomatik ravişda turnir jadvalida ikkinçi öringa tuşdi. Birinçi öringa çiqib olgan «Siti» tur öyinini bugun ötkazadi – Mareska şogirdlari minimal hisobda mağlubiyatga uçrasa ham birinçi örinda qoladi.
Bu mavsumda hali mağlubiyatga uçramagan «Hall Siti» «Sent-Jeyms Park»da bu seriyasini töxtatdi. Ötgan turda «Lids» maydonida yirik hisobda yutqazib qöygan (1:4) «Nyukasl» bor alamini liga debyutantlaridan oldi va 7-daqiqaga kelib ikki töp farqi bilan oldinga çiqib oldi. Avvaliga Uillok yaqin masofadan darvoza törini öqqa tutdi, keyin esa «qarğalar» himoyaçisi Lyuis Holl hisobdagi farqni oşirdi. Birinçi bölimdayoq hisob yirik körinişga keltirilişi mumkin edi, ammo bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Vissa penaltidan foydalana olmadi. Ikkinçi bölimda «yölbarslar» bitta javob golini urişdi va öyin oxirigaça intriga saqlanib qoldi. Lekin mezbonlar ğalabali hisobni uşlab qolişdi.
«Sevilya» bu mavsumda barçaga 5, 6 va 7 talab gol urayotgan «Barselona» qarşisida çöçimadi va öziga işonç bilan öynadi. Yozda «Lill»dan andalusiyaliklar klubi safiga ötgan Feliks Korreyya birinçi bölimning eng faol futbolçisi böldi, u özi ham golli vaziyatlarga ega böldi, bölim örtalarida esa jamoaning yangi futbolçilaridan biri, «Milan»ning sobiq aʼzosi Fofanaga golli uzatma berdi. Lekin mezbonlarning xursandçiligi uzoqqa çözilmadi. Bir neça daqiqa ötib Rafinya bir harakat bilan himoyaçini gazonga yotqizib, çempionatdagi gollari sonini 10 taga yetkazib qöydi.
Kök-anorranglilar şundan keyin mezbonlarni jarima maydoniga qamay boşladi, mezbonlar bölim oxirigaça çidab turişdi, ammo ikkinçi bölimda Yamalning uzatmalari öyin taqdirini hal qildi. Rafinya esa bu uzatmalardan yana ikkita gol urdi va endi uning yetti turda urgan gollari soni 12 tani taşkil etmoqda. Ispaniya futboli tarixida oldin ham olti marta bunday kosmik raqamlar qayd etilgan, rekord esa 12 yil muqaddam Kriştianu Ronaldu tomonidan örnatilgan – 7 turda 13 gol.