Germaniyaning Audi avtomobilsozlik kompaniyasi yangi avlod A8 sedanining navbatdagi tizerini namoyiş etdi. Suratda modelning uzun namunasi aks etgan. Bunda, uning yoritqiç çiroqlarining ayrim jihatlari e'tiborni tortadi. Şunga köra, aytiş mumkinki, yangi maşina hozirda işlab çiqarilayotgan «Audi»larning heç biriga öxşamaydi. 

Xususan, 4 eşikli avtomobil original dizaynli diod çiroqlarga ega böladi. U bitta yotiq va uçta tik diodlar töplamidan iborat böladi. Bundan taşqari, suratda orqa çiroqlar qanday körinişga ega bölişi haqida tasavvur hosil qiliş mumkin. 

Yangi Audi A8 tizeri

A8 taqdimoti 11 iyul kuni bölib ötadi. Avvalgi tizerlarda sedanning ayrim qiziqarli jihatlariga e'tibor qaratilgan edi. Oyoqlarni uqalaş va mustaqil avtoturargohga joylaşiş tizimi şular jumlasidan, deb yozadi motor1.com sayti.

Yangi Audi A8 tizeridagi orqa çiroqlar körinişi

Audi kompaniyasi, yangi avtomobil uçun avtopilot haqida ham söz yuritgan. Sedan mustaqil ravişda tezlaşadi, sekinlaşib töxtaydi hamda soatiga 60 km tezlikda manyovr qila oladi. Bunda qölni doimiy ravişda rulda uşlab turiş talab etilmaydi. 

Model yangi podveska, turli motorlar töplami va mild hybrid (MHEV) gibrid tizimi bilan jihozlanadi.