14-sentabr kuni poytaxtdagi “Bobur” biznes markazida yangi Tizer alkogolsiz, salqin ichimligining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda keng jamoatchilik vakillari, jumladan, san'at, sport sohasining taniqli vakillari, o‘zbekistonlik va xorijdan tashrif buyurgan tadbirkorlar, investorlar ishtirok etishdi.
Jumladan, mehmonlar orasida futbol bo‘yicha jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov, Avstriyadagi “Esarom” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh menejyeri Alla Brodyanskaya, 2007 yilning Osiyodagi eng yaxshi futbol murabbiyi Rauf Inileyev, sobiq futbolchi Azamat Abduraimov va boshqa taniqli shaxslarni uchratish mumkin edi.


Tadbir mehmonlari O‘zbekistonda yangi brend hisoblangan Tizer va respublikada tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Alkogolsiz, salqin ichimlik turiga kiruvchi Tizer brendi dunyo miqyosida urfga kirib kelayotgan mahsulotlardan biridir.
Tizer energiya baxsh etuvchi, gazlangan ichimlik, ammo u turli energiya beruvchi qo‘shimchalardan xoli hisoblanadi.



Ta'kidlash o‘rinliki, energetik ichimliklarning ta'siri o‘tgach kishida charchoq, uyqusizlik, asabiylik va tushkunlik kabi holatlar paydo bo‘ladi. Me'yoridan ortiq iste'moli organizmda taxikardiya, psixomotor qo‘zg‘alish, asabiylik va tushkunlik kabilarning surunkali tus olishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘pgina quvvat beruvchi ichimliklarda uchraydigan V vitamini ko‘pligi tufayli iste'molchida vaqt o‘tishi bilan yurakning tez urishi, bo‘g‘inlarda uvishish kabi holatlar paydo bo‘lishi mumkinligini inobatga olsak, bunday qo‘shimchalardan xoli Tizer‘ni barcha yoshdagi insonlar iste'mol qilishi mumkin.





















