Qatar hukumati Kuvayt vakili orqali Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayrga avvalroq bir qator arab davlatlari Dohaga qöygan ultimatumga javob berdi. Bu haqda Al Arabia telekanali xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, Kuvaytning axborot vaziri Muhammad Abdulloh al-Muborak as-Saboh saudiyalik hamkasbi bilan Jiddada uçraşgan.

Avvalroq Qatar taşqi işlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy Dohaning arab davlatlari talablariga rasmiy javobini topşiriş uçun Kuvaytga kelgandi. 

23 iyunda Kuvayt Qatarga 4 arab davlatining talablari röyxatini taqdim qilgandi. Arab davlatlari munosabatlar normallaşişi uçun Dohadan bu talablarning barçasini 5 iyulgaça bajarişni talab qilganlar. 

Öz navbatida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar talablarga javobini bergani haqidagi axborotni tasdiqlaşgan.

"4 arab davlati ultimatum muddati tugaşi oldidan Kuvayt orqali Qatardan javob olişdi. Biz tomondan javob qulay vaqtda beriladi", deyilgan xabarda.