2017-2018 öquv yilidan boşlab umumiy örta ta'lim muassasalarida «katta yetakçi» va «tögarak rahbari» ştat birliklarini tugatiş hisobiga lavozim maoşi yuqori sinf öqituvçisiga tenglaştirilgan «yoşlar yetakçisi» ştat birligi joriy etildi. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 5 iyuldagi «Yoşlarga oid davlat siyosati samaradorligini oşiriş va Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida»gi farmonida belgilangan.
Farmonda şuningdek, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida «yoşlar yetakçisi» vazifasi yuklatilgan xodimga örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasining direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan oliy ma'lumotli öqituvçi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanişi körsatilgan.
Farmonda şuningdek, Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi qoşida yoşlarning xohiş va intilişlaridan kelib çiqib, yoşlar uyuşmalari hamda yoşlarga ijtimoiy-psixologik yordam körsatiş markazlari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi qoşida Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş instituti taşkil etilişi belgilab berilgan.
Farmonga köra, buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlaş, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yoş avlod uçun örnak bölib xizmat qilişini inobatga olib, respublikaning barça harbiy akademik litseylariga «Temurbeklar maktabi» nomi beriladi.
Endilikda yoşlarning ilmiy va ijodiy faoliyat natijalarini, ilm-fan va adabiyotga bölgan qiziqişlarini hamda yoşlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritiş maqsadida Özbekiston yoşlar ittifoqining naşrlarini çop etişga ixtisoslaşgan «Yoşlar naşriyot uyi»ni taşkil etiş közda tutilgan. Qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, iste'dod va qobiliyatini yuzaga çiqariş, ular orasida haqiqiy yetakçilarni tarbiyalaş işlarini yanada kuçaytiriş maqsadida «Qizlarjon» jurnali ham ta'sis etiladi.
Yoşlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşirişga qaratilgan «Men sevib öqigan kitob» va «Eng yaxşi kitobxon» respublika tanlovlari, «Kitob bayrami» va «Bolalar kitoblari» an'anaviy respublika festivallari, vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissini qaror toptirişga qaratilgan aksiyalar, yozuvçilar, şoirlar, san'atkorlar, adabiyotşunos olimlar bilan ijodiy uçraşuvlar va master-klasslar tizimli taşkil etilişi belgilandi.











