Kuni keça davlat rahbari “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida yoşlarning çinakam suyançi va tayançi böla oladigan mutlaqo yangi taşkilot – Özbekiston yoşlar ittifoqini taşkil etiş taklifini ilgari surdi. Uşbu taklif mamlakat yoşlari tomonidan zör iştiyoq bilan kutib olindi.

Foto:  Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati

Şu munosabat bilan, ötkazilgan mazkur Qurultoyda “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati negizida Özbekiston yoşlar ittifoqini taşkil etiş böyiça taklif qöllab-quvvatlandi.

Adliya vazirligiga taqdim qilingan hujjatlarga muvofiq asosiy maqsadi yoşlarni mamlakatda amalga oşirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, jamiyatda tinçlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, Özbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirişi jarayonlariga jalb qiliş hamda yoş avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilişni ta'minlaş, yigit-qizlarning ma'naviy va kasbiy saviyasini yuksaltiriş, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqarişga kömaklaşişdan iborat bölgan Özbekiston yoşlar ittifoqi nodavlat notijorat taşkilot sifatida röyxatdan ötkazildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Foto:  Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati

Şu munosabat bilan, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripov rahbarligida 2017 yil 5 iyulda ötkazilgan yiğilişda Adliya vaziri M.Ikromov tomonidan Özbekiston yoşlar ittifoqi raisi Q.Quranboyevga Ittifoqning vazirlikdan davlat röyxatidan ötkazilgan guvohnomasi topşirildi.

Ta'kidlaş joizki, Özbekiston yoşlar ittifoqi öz faoliyatini Özbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisida”gi, “Nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatining kafolatlari töğrisida”gi qonunlar va boşqa qonun hujjatlari asosida olib boradi va mamlakat qonunçiligida nazarda tutilgan yuridik şaxslarning barça huquq va erkinliklariga ega böladi.