Rossiyalik boksçi Aleksandr Povetkin Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) reytingiga qaytdi.
Povetkin ötgan yil dekabrda WBC yönalişi böyiça vaqtinçalik çempion unvoni uçun kanadalik Bermeyn Stivern bilan bellaşişi kerak edi. Jang oldidan Povetkinning doping-namunalaridan biri ostarin taqiqlangan moddasiga ijobiy natija bergani ma'lum bölgan. Şu sababli mart oyida WBC Povetkinni noma'lum muddatga çetlaştirganini, IBF esa uni bir yil davomida öz reytingiga qöşmasligini aytgan.
IBF’ning iyuldagi reytingida Povetkin 13-poğonani egalladi. Bu versiya böyiça jahon çempioni britaniyalik Entoni Joşua hisoblanadi.












