Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat ijrochilariga to‘lov terminallari va mopedlar beriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 23 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurochisi faoliyati samaradorligini ta'minlash choralari haqida”gi №R-4977 farmoyishi qabul qilingan edi.
Ko‘plab boshka choralar qatorida farmoyishga ko‘ra, Byuro 4.386 ta terminal bilan ham ta'minlanadi. Terminallarning 4.193 tasi elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qiluvchi davlat inspektorlariga topshiriladi. Harakatlanish qulayligini oshirish uchun inspektorlarga mopedlar ham beriladi. Bu haqda
Turar joy va noturar joy fondi, shuningdek eklektr energiyasi va tabiiy gazni hisoblovchi asboblar to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Natijaga ko‘ra, 1,1 million dona elektr hisoblagichlar elektr energiyasini avtomatik nazorat qilish va hisoblash tizimi (EANHT) ga ulanadi, 1,5 milliontasi zamonaviylariga almashtiriladi, 21,5 mingtasi avval hisoblagich bo‘lmagan nuqtalarda o‘rnatiladi. Gaz hisoblagichlarini almashtirish esa 2,3 million nuqtani qamrab oladi, 903,8 ming nuqtada ular ilk bor o‘rnatiladi. Ular ham tabiiy gazni avtomatik nazorat qilish va hisoblash tizimi (GANHT) ga ulanadi. Bundan tashqari, barcha hisoblagichlarni turarjoy-kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta'minoti xizmatini Yagona billing tizimiga ulash nazarda tutilgan.
Shunisi muhimki, asboblar energiya bilan ta'minlovchi korxonalar hisobidan almashtiriladi.
Shuningdek, 1107 qisqa raqamida ishonch telefoni faoliyat ko‘rsata boshlaydi va unga istalgan odam elektr energiyasi va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari haqida ma'lum qilishlari mumkin bo‘ladi.
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qurilayotgan ko‘p xonadonli va individual turar joylar, shuningdek ularga yondosh hududlarning loyiha-smeta hujjatlariga tiklanuvchi energiya manbalaridan energiyani saqlovchi texnologiyalar, jumladan, quyosh panellari va batareyalari, suv isitish tizimlari, o‘zimizda ishlab chiqarilgan energiya samaradorligi yuqori isitish qozonxonalarini qo‘shish majburiy qilib belgilanadi.
Tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilishni rag‘batlantirish yuzasidan choralar orasida iste'molchilar — jismoniy shaxslarni mulk solig‘idan, shuningdek, mavjud energiya resurslaridan to‘liq uzilgan muqobil energiya manbalaridan foydalanilganida yer solig‘idan ham ozod qilish nazarda tutilgan.
Shuningdek, ijrochilik ish yurituvidagi qonunchilikni ham takomillagtirish nazarda tutilgan. Qo‘llaniladigan choralar orasida quyidagilar bor:
- Ijro hujjatlarida undiriladigan qarzdorlik paydo bo‘lgan muddatning ko‘rsatilishi;
- Ijro hujjatlarida qayd etilgan talabni o‘z ixtiyori bilan bajarish muddatining 5 kundan 15 kungacha oshirilishi;
- Qaytarilgan ijro hujjatini sud yoki boshqa organ uch ish kunida ijro hujjatlarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish va umumiy tartibda davlat ijrochisiga qayta jo‘natish tartibi o‘rnatiladi.
Samir Latipov.
Norma.uz
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi besamar uchrashuv, Turkiya Suriyaga qurol beradi – hafta dayjesti
Jahon | 20:52 / 17.08.2025
O‘zbekistonda Starlink interneti 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda
Fan-texnika | 20:07 / 17.08.2025
Putinning talablari va takliflari haqida hozirgacha nimalar ma’lum?
Jahon | 16:00 / 17.08.2025
Orzu ortidagi dard: Koreyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizlari qismati
Ayollar dunyosi | 14:47 / 17.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy va Hindiston xavfsizlik yo‘nalishidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
Jahon | 01:22
-
“Putin yaqin ikki hafta ichida Zelenskiy bilan shaxsan uchrashishga va’da berdi” – Oq uy
Jahon | 01:11
-
Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan brakonerlar qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 00:33
-
Tramp: Putin o‘zini yaxshi tutishiga umid qilaman, aks holda vaziyat og‘irlashadi
Jahon | 00:03
Mavzuga oid

00:11 / 19.10.2017
Soliq inspektorlari to‘lov terminallari bilan ta'minlanadi

12:10 / 12.07.2017