Naşr 8-oktabrga ötar keçasi eʼlon qilgan xabarida yonğin joyini guvohlar tasvirga olgan kadrlar asosida aniqlaganini bildirgan.
Astra, şuningdek, ötgan oy data-markaz xodimlari u yerdagi uskunalarni namoyiş qilib, obyekt Sasovo şahrida joylaşganini aytganini qayd etgan.
Keyinroq Yandex Cloud bulutli platformasining alohida xizmat körsatiş zonasida elektr taʼminoti bilan boğliq uziliş haqida xabar paydo bölgan. Taxminan 40 daqiqadan söng platforma jamoasi vaziyat barqarorlaşganini maʼlum qilgan.
Biroq uşbu uziliş aynan yonğin oqibatida yuz bergani yoki data-markazning öziga zarar yetgani haqida keltirilgan xabarlarda aniq tasdiq yöq. Yonğinning sababi va zarar kölami ham oçiqlanmagan.
«Sasta» raqamli dasturiy boşqaruvga ega metallga işlov beriş stanoklarini işlab çiqaradi. Astra maʼlumotiga köra, korxona uskunalari mudofaa, aerokosmik, transport va oğir sanoatda qöllanadi.
Naşr zavodning Rossiya harbiy-sanoat majmuasi uçun ahamiyati tayyor qurol işlab çiqarişda emas, balki yuqori aniqlikdagi metall detallar va uzellarni tayyorlaş uçun stanoklar yetkazib berişda ekanini taʼkidlagan.
Astra korxona Kanada, Şveysariya, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya sanksiyalari ostida ekanini ham eslatgan.
Avvalroq, 25-sentabr keçqurun Rossiya qöşinlarining Ukrainadagi Cosmonova telekommunikatsiya operatori infratuzilmasi, jumladan, data-markaziga zarbalari ortidan Kiyevda internet va televideniye işida uzilişlar kuzatilgan edi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 3-oktabrda data-markazlar va mobil aloqa obyektlariga hujumlarni tanqid qilib, bunday zarbalar oddiy aholiga taʼsir qilişini taʼkidlagan.













